Prezident raisligidagi yig‘ilishda temiryo‘l sohasidagi islohotlar sur’ati iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida amalga oshirilayotgan yangilanishlardan ortda qolayotgani, bu sohada ham tub o‘zgarishlarni amalga oshirish vaqti kelgani ta’kidlandi.
Ma’lum qilinishicha, bundan ikki oy avval sohaga yangi rahbar tayinlangan edi. Tizimda eskicha fikrlaydigan, tashabbus bildirmaydigan 30 ga yaqin rahbar yangilandi. Samarasiz shtatlar qisqartirildi.
Prezident topshirig‘iga ko‘ra, 191 ta temiryo‘l stansiyasiga borilib, ulardagi haqiqiy ahvol tahlil qilindi, 500 dan ziyod tadbirkorlar bilan uchrashildi. Ushbu tadbirlar natijasida sohada hal qilinishi bo‘lgan asosiy muammolar aniqlanib, ularning yechimlari belgilab olindi.
Jumladan, ayrim temiryo‘l korxonalari rentabelligi past, vagonlar parkining bir qismi ta’mirtalab va yangilanishga muhtoj, sohada xususiy sektor ishtiroki uchun zarur imkoniyatlar yaratilmagan, bilet sotishdagi korrupsiya, vagonlardagi sharoit va servisdan aholimiz norozi. Bularning barchasi sohani isloh qilish zaruriyatini ko‘rsatmoqda.
Izoh (0)