Keti Perri qo‘shiqlariga tegishli mualliflik huquqini Litmus Music kompaniyasiga 225 million dollarga sotdi. Bu haqda “Pravila jizni” xabar berdi.
Xonanda One of the Boys (2008), Teenage Dream (2010), Prism (2013), Witness (2017) va Smile (2020) albomlarini ishlab chiqarish huquqini sotgan. Perrining ijodiga taalluqli huquqlar Universal Music Group kompaniyasida saqlanib qoladi.
U 2001-yilda chiqarilgan ilk albomi — Katy Hudson’ga taalluqli huquqni o‘zida qoldirgan. Bu albom xonandaning Keti Perri taxallusini olguniga qadar sotuvga chiqarilgan.
Litmus kompaniyasi 2022-yilda tashkil etilgan. Dekabr oyida kompaniya avstraliyalik xonanda Kit Urbanning qo‘shiqlariga tegishli huquqlarni sotib oldi. Keti Perri va Urban so‘nggi yillarda qo‘shiqlariga tegishli huquqlarni sotayotgan yagona xonandalar emas. 2022-yilning mayida Hipgnosis Songs Fund Jastin Timberleykning qo‘shiqlari, 2023-yilning mayida esa Jastin Biberning mualliflik huquqini sotib olgan. Kompaniya, shuningdek, 50 Cent, Enrike Iglesias, Shakira va Red Hot Chili Peppers’ning bir nechta qo‘shiqlari mualliflik huquqiga egalik qiladi.
Izoh (0)