Foto: Samarqanddagi “O‘zbekiston agrooziq-ovqat salohiyati” ko‘rgazmasi

Samarqand shahrida 7-sentabr kuni boshlangan Oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha xalqaro konferensiyaning yalpi majlisidan so‘ng ishtirokchilar “Buyuk Ipak Yoʻli” xalqaro turizm markazida joylashgan ekspomarkazda tashkil etilgan “Oʻzbekiston agrooziq-ovqat salohiyati” koʻrgazmasini koʻzdan kechirishdi.
Koʻrgazma doirasida Oʻzbekiston agrar tarmogʻini isloh qilishdagi yutuqlar taqdim qilindi. Mehmonlarga Oʻzbekistonning agro va oziq-ovqat sohasidagi salohiyati, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha yangi yondashuvlari namoyish etildi. Anjuman qatnashchilari urugʻchilik, bogʻdorchilik, chorvachilik, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning klaster, kooperatsiya, agrologistika usullari bilan tanishtirildi.
Made on
Tilda