Tayvan Harbiy-havo kuchlarining F-16 qiruvchi samolyoti uchuvchisi orolning Qirg‘oq qo‘riqlash xizmati kemasi yaqiniga adashib aviabomba tashlab yubordi. Bu haqda respublika harbiy-havo kuchlari shtabi boshlig‘i, general-leytenant Sao Szinpin ma’lum qildi, deb yozmoqda Focus Taiwan.
Generalning taʼkidlashicha, voqea 9-avgust kuni tushdan keyin sodir bo‘lgan. Qiruvchi samolyot o‘t ochish bilan mashg‘ulot parvozini amalga oshirayotgan edi, ammo o‘q nishonga tegmagan. Bort og‘irligi 2 000 funt (taxminan 907 kg) bo‘lgan MK-84 bombasini kemadan bir necha dengiz mili uzoqlikdagi suv hududiga tashlab yuborgan.
Qirg‘oq qo‘riqlash xizmati kemasi zarba to‘lqinidan shikastlangan. Biroq qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan. Shu bilan birga, Taipei Times nashri ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarga tayanib, o‘sha kuni kemada bo‘lgan bir necha ekipaj a’zolari tibbiy yordamga murojaat qilganini yozdi.
Harbiy havo kuchlari voqea uchun Tayvan Qirg‘oq qo‘riqlash xizmatidan uzr so‘radi va xatoga yo‘l qo‘ygan uchuvchini jazolashga va’da berdi, dedi Sao Szinpin.
15-avgust kuni, voqeadan deyarli bir hafta o‘tib, Pindun okrugida raketa portladi. Portlash mashg‘ulotlar vaqtida ham sodir bo‘lgan. Sao Szinpinning ta’kidlashicha, bu AQSHning Patriot zenit-raketa majmuasi edi, u nishonga tegmasdan oldin portlagan. Kao qurbonlar haqida xabar bermadi.
Izoh (0)