Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining muddatidan ilgari Prezident saylovining dastlabki natijalari yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Unda hududlarda bo‘lib o‘tgan saylov jarayonlarining xavfsiz o‘tishi, qonunbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar, shuningdek, jazoni ijro etish muassasalarida tashkil qilingan saylov uchastkalari haqida ham so‘z bordi. Joriy yilda qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlarga asosan, avvalgi saylovlardan farqli ravishda, jazoni ijro etish muassasalarida ilk bor og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etgani uchun jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar ham bu yilgi saylovda ishtirok etdi.
Mutasaddilarning taʼkidlashicha, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan 33 753 nafar shaxs saylovda ovoz berish huquqiga ega. Ularning mazkur qonuniy huquqini taʼminlash uchun Markaziy saylov komissiyasi bilan kelishilgan holda qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida jami 48 ta saylov uchastkasi tashkil etildi. Har bir mahkumning saylovda ishtirok etish huquqi to‘liq taʼminlandi.
Shuningdek, saylovoldi kampaniyasi paytida qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlar bilan nomzodlarning ishonchli vakillari ishtirokida jami 272 ta tadbir tashkil qilindi.
Izoh (0)