O‘zbekiston—Qatar sammiti yakunida daraxt ekish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.
Shavkat Mirziyoyev va Qatar amiri shayx Tamim ibn Hamad al-Soniy Samarqanddagi Kongress markazi bog‘ida birgalikda daraxt ekdi. Bu O‘zbekiston bilan Qatar o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarda yangi bosqich boshlangani va yetakchilarning xalqlar do‘stligini mustahkamlash yo‘lidagi qatʼiy intilishi ramzi ekani ta‘kidlangan.
Samarqandda Shavkat Mirziyoyev va davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgan Qatar amiri shayx Tamim ibn Hamad al-Soniyning muzokaralari bo‘lib o‘tgandi. Muzokaralar yakunida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan 15 ta hujjat imzolandi.
Izoh (0)