Samarqandda Shavkat Mirziyoyev va davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgan Qatar amiri shayx Tamim ibn Hamad al-Soniyning muzokaralari bo‘lib o‘tgandi. Prezident matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, muzokaralar yakunida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan 15 ta hujjat imzolandi.
O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida jumladan, quyidagilar qabul qilindi:
- Investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
- Ikki tomonlama soliqqa tortishning oldini olish hamda daromad va mulk soliqlarini to‘lashdan bosh tortishni bartaraf qilish to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
- Bojxona ishlarida o‘zaro ko‘mak ko‘rsatish to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
- Mehnat munosabatlari sohasida hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
- Diplomatik pasport egalarini viza talablaridan ozod etish to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
- Oliy taʼlim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo memorandum;
- Madaniyat sohasida hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo memorandum;
- Savdo sohasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
- Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
- O‘simliklar karantini va himoyasi sohasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
- Sport va yoshlar ishlari sohasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
- Toshkent va Doxa shaharlari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum.
Hujjatlar imzolanish jarayoni