Jizzaxda “Yangi O‘zbekiston” massivida qurilayotgan 16 qavatli uylardan birining zilzilaga bardoshliligi tekshirildi.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining ma’lum qilishicha, Sharof Rashidov tumani “Oqtosh Ota” MFY hududida qurilayotgan uy “vibrodinamik” uskuna yordamida 7 ballik zilzilaga teng tebranish bilan sinovdan o‘tkazildi.
Unda qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi mas’ullari, loyihalash va qurilish ishlari bo‘yicha mutaxassislar ishtirok etdi.
Sinovda qatnashgan Turin politexnika instituti binolarni seysmik tadqiq qilish laboratoriyasi rahbari Bekmurod Karimovning “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida aytishicha, sinov 7 bosqichda o‘tkazildi. Ammo xulosa chiqarishga hali erta. Bu murakkab jarayon bo‘lib, sinov jarayonida olingan ma’lumotlar yig‘ib, tahlil qilinadi.
Prezident farmoni asosida Respublikaning seysmik faol zonalarida balandligi 9 qavat va undan yuqori bo‘lgan binolarni zilzilabardoshliligini oshirish, sifatini ta’minlash hamda kamchiliklarini oldindan bartaraf etish maqsadida gidrodinamik uskuna yoki zamonaviy raqamlashtirilgan uskunalar yordamida tekshiruvlar muntazam olib boriladigan bo‘ldi.