Futbol bo‘yicha o‘rtoqlik o‘yinida “Barselona” 6-iyun, seshanba kuni “Vissel Kobe”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 16-daqiqasidayoq hisob ochildi. Kataloniyaliklar yarim himoyachisi Frank Kessie Pablo Torrening uzatmasini golga aylantirdi. Oradan 3 daqiqa o‘tib, burchak zarbasidan uzatilgan to‘pni Erik Garsiya bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi. Qolgan daqiqalarda esa darvozalar ishg‘ol etilmadi.
Shu tariqa “ko‘k-anorranglilar” Andres Inyesta to‘p suradigan “Vissel Kobe” jamoasi ustidan ishonchli hisobda g‘alaba qozondi.
O‘rtoqlik o‘yini
6-iyun, seshanba
“Vissel Kobe” – “Barselona” 0:2
Gollar: 0:1 – 16 Kessie, 0:2 – 19 Erik Garsiya.
“Vissel Kobe”: Maekava (Felipe, 87), Takaxasi, Osaki (Tuler, 81), Ozaki, Xasuse (Hidaka, 46; Terasaka, 88), Inyesta (Ide, 81), Serji Samper (Nakasaka, 81), Sayto (Ogihara, 46), Yuruki (Jan Patrik, 46), Sasaki (Kavasaki, 46; Muto, 81), Linkoln (Mugosha, 46; Osako, 84).
“Barselona”: Penya (Tenas, 61), Arauxo, Erik Garsiya, de Yong (Kunde, 46), Alonso (Garsiya, 46), Kessie (Gavi, 46), Torre (Ernandes, 60), Prim, Rodriges (Ferran Torres, 46), Fati (Rafinya, 46), Levandovski (Giu, 46).
Izoh (0)