2023-yilning dastlabki uch oyida iPhone sotuvi 1,5 foizga oshib, 51,3 milliard dollarni tashkil etdi. Bu haqda Britaniyaning The Times gazetasi xabar berdi.
Bu o‘sish smartfonlarga global talabning umumiy pasayishi sharoitida ro‘y bergani ahamiyatli.
Apple bosh direktori Tim Kukning so‘zlariga ko‘ra, savdolarning o‘sishi “qiyin makroiqtisodiy muhitda” sodir bo‘lgan.
Apple kompaniyasining moliyaviy direktori Luka Mayestrining aytishicha, ta’minot tizimidagi uzilishlardan so‘ng iPhone yetkazib berish hajmi qayta tiklandi.
Nashr ta’kidlaganidek, iPhone sotuvi bilan bog‘liq vaziyat Foxconn kompaniyasining Chjenchjoudagi eng yirik smartfon yig‘ish zavodi noyabr oyida koronavirus infeksiyasi avj olgani sababli yopilishidan xavotirda bo‘lgan investorlar uchun xushxabar bo‘ldi.