“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” poytaxtning ayrim hududlarida elektr taʼminoti vaqtincha to‘xtatilishini ma’lum qildi.
Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida taʼmirlash ishlarini olib borish maqsadida bugun, 22-may kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi:
- Mirobod tumani — “Baratxo‘ja” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
- Uchtepa tumani — “Shoir” MFYning ayrim hududlarida soat 13:00 dan 17:00 gacha;
- Bektemir tumani — “Musaffo” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha.
Yuqoridagi hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.
“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.
Shuningdek, taʼmirlash ishlari tufayli Mirzo Ulug‘bek tumanining “Asaka” MFY Asaka ko‘chasiga 22-may kuni soat 11:00 dan 18:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi:
- aholi isteʼmolchilari soni — 380 ta yerli xonadon, 10 ta ko‘p qavatli uylardagi 400 ta xonadon;
- ulgurji iste’molchilar soni — 25 ta.
Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.
Bir necha kun oldin Chilonzor, Uchtepa, Mirzo Ulug‘bek va Olmazor tumanlarining qator hududlarida gaz o‘chirilgan edi.
Izoh (0)