Toshkentning Sergeli, Yangihayot va Chilonzor tumanlarining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti bir sutkaga to‘xtatildi.
Energetika vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, Yangihayot tumani, “Yangi Choshtepa” MFY hududidan o‘tgan yuqori bosimli gaz quvuriga gaz hisoblagich o‘rnatish ishlari rejalashtirilgan. Shu tufayli, quyidagi hududlarda 4-aprel kuni soat 08:00 dan 5-aprel kuni soat 08:00 gacha gaz ta’minoti to‘xtatildi:
Sergeli tumani aholi iste’molchilari: “Sohibqiron”, “Saxovat”, “Yangi Sergeli”, “Qipchoq”, “Ezgulik”, “Nurhayot”, “Madadkor”, “Ittifoq”, “Ziynat”, “Nilufar”, “Mehrigiyo”, “O‘zgarish”, “Xabibiy”, “Bunyodobod”, “Yangi Bunyodobod” MFYlarida joylashgan ko‘p qavatli uylardagi jami 21 566 ta aholi xonadonlarida hamda “Junariq”, “Nog‘ay qo‘rg‘on”, Yuqori darxon”, “Qubaytepa”, “Qutbaraka”, “So‘g‘diyona”, “Sofdil”, “Daryo bo‘yi” MFYlaridagi jami 7 634 ta uy xo‘jaligida;
Sergeli tumani ulgurji iste’molchilari: 85 ta sanoat korxonasi, 11 ta maktab, 4 ta MTM, 41 ta umumiy ovqatlanish obyekti, 68 ta nonvoyxona va 184 ta kommunal-maishiy korxona – jami 393 ta ulgurji iste’molchida;
Yangihayot tumani aholi va ulgurji iste’molchilari: “Fayzli”, “Choshtepa”, “Yangi Сhoshtepa”, “Yangi Darxon”, “Tashabbus”, “Yangi umid”, “Yangi turmush”, “Humo”, “Yangi Hayot”, “Oriyat”, “Gulshanobod”, “Marhamat”, “Ibrat”, “Olchazor”, “Xushnud”, “Navqiron”, “Yorqin hayot”, “Charog‘on”, “Chorbog‘”, “Viqor”, “Al-Farg‘oniy”, “Do‘stlik”, “Iqbol”, “Yo‘ldosh”, “Toshkent”, “Chortoq” MFYlardagi jami 5 251 ta uy xo‘jaligida va ko‘p qavatli uylardagi jami 29 835 ta aholi xonadoni hamda 316 ta ulgurji iste’molchida;
Chilonzor tumani aholi va ulgurji iste’molchilari: “Beshqo‘rg‘on”, “Tirsakobod”, “Xayriobod”, “Xon to‘pi”, “Bek to‘pi”, “2-Qatortol”, “Mevazor”, “Yakkabog‘ MFYlardagi jami 6 000 ta uy xo‘jaligida hamda 47 ta ulgurji iste’molchida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.
Vazirlik ta’mirlash ishlari yakunlangach tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanishini ma’lum qilib, yetkazilayotgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘radi.