• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    “Yangi paxta”: O‘zbekistonda BPO bozori qanday rivojlanmoqda?

    O‘zbekiston agrar mamlakat maqomidan postindustrial davlatga o‘tmoqda, BPO esa asosiy sanoatga aylanmoqda. IT Park bu bo‘yicha tahliliy maqola e’lon qildi. 

    Ko‘pgina mamlakatlar, odatda, ular ishlab chiqaradigan tovarlar bilan bog‘liq. Misol uchun, Braziliya deganda — qahva loviyalari, Ekvador — banan, Indoneziya deganda esa kokos ko‘z oldimizga keladi.

    Bunday tushuncha, odatda, mamlakatlar ushbu mahsulotning asosiy yetkazib beruvchilari ekanidan kelib chiqadi.

    O‘zbekiston paxta eksporti bo‘yicha hech qachon yetakchi bo‘lmagan, biroq xorijliklar mamlakat nomini eshitganda, ko‘pincha shu haqda o‘ylashadi.

    Buni yaqin-yaqingacha paxta respublikaning xorijga sotgan asosiy tovari bo‘lgani bilan izohlash mumkin (ko‘rsatkich aqlbovar qilmas darajaga, 70 foizga yetgandi):

    Eksportning tarmoq tarkibi, O‘zbekiston, 1995—2018-yillar
    Manba: The Second Systematic Country Diagnostic for Uzbekistan, World Bank

    So‘nggi yillarda paxta ulushi pasayib bormoqda va hozirda 10 foizdan kamroqni tashkil etadi, ammo tushuncha hali-hanuz saqlanib qolgan.

    Biroq ushbu holat tez orada o‘zgarishi mumkin, negaki O‘zbekiston agrar davlatdan postindustrial davlatga o‘tmoqda.

    Bu yo‘lda Business process outsourcing (BPO) sohasi respublikani xalqaro bozorlarda tanitadigan omilga aylanishi mumkin. Jarayon allaqachon boshlangan.

    Global BPO bozori yuzlab milliard dollarga teng va o‘sishda davom etmoqda

    Autsorsing XX asrning o‘rtalarida, kompaniyalar ayrim vazifalarni autsorsingga yo‘llash arzonroq va osonroq ekanligini tushungan onda paydo bo‘ldi.

    IT-autsorsing 1980-yillarda yuzaga kelgan. Ilk keys “Kodak” bo‘lib, u ma’lumotlar markazini o‘zi boshqarish o‘rniga jarayonni “IBM”ga autsorsing xizmati sifatida topshirdi.

    Dastlabki yillarda, autsorsing bir kompaniya aniq muddatga ega bo‘lgan aniq loyiha uchun boshqasini jalb qilishi bilan cheklanar edi.

    Keyinchalik kompaniyalar boshqa kompaniyalarga biznes sohalarini to‘liq topshirishni boshladi.

    2023-yilga kelib, BPO bozori 261,9 milliard dollarga baholanmoqda, prognozlarga ko‘ra, 2031-yilga kelib ko‘rsatkich 525,2 milliard dollarni tashkil qiladi.

    Asosiy yo‘nalish — mijozlarga xizmat ko‘rsatish (30 foiz). U, asosan, qo‘llab-quvvatlash xizmatlari va qo‘ng‘iroq markazlarini o‘z ichiga oladi.

    Bundan tashqari, logistika, inson resurslari, ma’lumotlarni qayta ishlash, xaridlar, marketing va buxgalteriya hisobi bo‘yicha autsorsing turi ham keng tarqalgan.

    Xullas, asosiy biznesga zarar yetkazmasdan boshqa kompaniyaga o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan barcha sohalarni autsorsingga yo‘naltirish mumkin.

    Asosiy bozor esa Shimoliy Amerika hisoblanadi:

    Shimoliy Amerika BPO xizmatlari bozor hajmi dinamikasi
    Manba: Grand View Research

    O‘zbekistonning BPO xizmatlariga dunyoda talab mavjud. Ko‘rsatkich o‘sib bormoqda

    O‘zbekistonda ilk BPO kompaniyalari 2000-yillarning o‘rtalarida paydo bo‘lgan, ammo keskin o‘sish so‘nggi yillarda boshlangan.

    AQSH logistika bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan bir nechta kompaniyalarning muvaffaqiyat hikoyalari sifatida boshlangan jarayon endi o‘ziga xos sanoatga aylanib bormoqda.

    Shunday qilib, 2021-yilda mamlakatda 45 ta kompaniya bor edi, bir yil o‘tib esa ularning soni 164 taga yetdi. 2022-yilda 17 ta yangi BPO markazlari ochilib, ularda 450 nafar mutaxassis ish bilan ta’minlandi.

    Shu sababli o‘tgan yili BPO xizmatlari IT xizmatlarining umumiy eksportining 140 million dollaridan 65,1 million dollarni tashkil etdi:

    Asosiy xaridor AQSH hisoblanadi. Shimoliy Amerika BPO sohasiga bo‘lgan talab dunyoda eng yuqori bo‘lgan mamlakat ekan, talab bundan keyin ham o‘sishda davom etishi kutilmoqda.

    Bu biznes jarayonlari autsorsing kompaniyalariga IT Park rezidentlari bo‘lishga ruxsat berilib, BPO sohasiga bir necha yil oldin tikilgan garov o‘zini oqlamoqdami degan savolga qisman javob.

    Shu tufayli, kompaniyalarda endilikda quyidagi imkoniyatlar mavjud:

    • jihozlangan ofis;
    • barcha turdagi soliqlar va bojxona to‘lovlaridan to‘liq ozod bo‘lish;
    • jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkasi pasaytirilishi — 7,5%;
    • xorijiy kompaniyalar uchun dividendlar bo‘yicha soliqni 5 foizgacha kamaytirish;
    • xodimlarni tanlashda yordam;
    • va boshqalar.

    “bpo.mitc.uz” sayti ishga tushirilib, bu yerda nafaqat O‘zbekistonda BPO kompaniyasini yaratishning afzalliklari sanab o‘tilgan, balki unga ariza yuborish ham mumkin.

    Xalqaro hamkorlik doirasida ko‘rsatilayotgan ko‘makni ham ta’kidlash joiz. Xususan, Huawei va ZTE kompaniyasi BPO markazlarini yaratishda ishtirok etmoqda.

    Ularning qiziqishi sohaning istiqbolidan dalolat beradi, negaki bu kabi yirik xalqaro kompaniyalar har qanday sarmoyani sinchkovlik bilan tahlil qiladilar va hech qachon samara bermaydigan joyga pul tikmaydi.

    Ayni paytda IT Park Jahon banki bilan Uzbekistan Digital inclusion loyihasi ustida ishlamoqda. Uning doirasida zarur ko‘nikmalarga o‘rgatish, hududlarda infratuzilmani rivojlantirish, O‘zbekistonni autsorsing markazlari joylashgan manzil sifatida targ‘ib qilish amalga oshiriladi.

    Bundan tashqari, American Access Capital Management Corp bilan birgalikda tashkil etilayotgan qo‘shma BPO korporatsiyasi sohada 1100 ta ish o‘rni yaratadi.

    Ushbu va boshqa tashabbuslar 2023-yilda IT-xizmatlar eksporti hajmini 300 million AQSH dollariga, eksport qiluvchilar sonini esa 500 taga yetkazish imkonini berishi kutilmoqda.

    XX asr “paxtasi”

    Postindustrial davr o‘zi bilan ko‘plab o‘zgarishlarni olib keldi.

    Elektr transport vositalari, robototexnika va muqobil energiyaga talab ortib borayotgani misni “yangi oltin”ga aylantirmoqda.

    Biznes jarayonlari autsorsingiga ortib borayotgan talab, qulay sharoitlar va mavjud istiqbollar O‘zbekistonda BPO sohasini “yangi paxta” timsoliga aylantirmoqda.

    To‘g‘ri, BPO bevosita IT bilan bog‘liq emas, lekin u texnologiyaga asoslangan va mamlakatning inson kapitalidan foydalanadi.

    Sohada yaxshigina haq to‘lanadi. 2022-yilda o‘rtacha oylik 600-1300 dollarni tashkil qilgan. Taqqoslash uchun, mamlakatda o‘rtacha ish haqi 350 dollar edi.

    Umuman olganda, IT-autsorsing eng istiqbolli yo‘nalishlardan biri, ammo hali qilinadigan ishlar talaygina, masalan, hech bo‘lmaganda asosiy raqamli ko‘nikmalarga ega bo‘lgan odamlar sonini ko‘paytirish lozim.

    Agar shu va boshqa masalalarni hal qilish mumkin bo‘lsa, O‘zbekistondagi BPO ham xuddi paxta kabi, yaqin yillarda millionlab odamlarni ish bilan ta’minlashi mumkin.

    Avvallari BPO sohasida 10 000 kishi faoliyat yuritgan, hozirda esa ularning soni 5 milliondan ortiq kishiga yetgan Hindiston bunga yaqqol misol bo‘la oladi.

    29.03.2023, 14:57   Izoh (0)   4215
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Dunyoda oltin narxi ko‘tarila boshladi

    29.03.2023, 11:19

    Ekspert: “2023-yilda Osiyo global iqtisodiy o‘sish uchun muhim kuchga aylanadi”

    28.03.2023, 21:25

    Germaniya fuqaroligini olish osonlashtirilishi kutilmoqda

    28.03.2023, 18:04

    Google Cloud ayollar uchun sun’iy intellekt bo‘yicha bepul dastur ishga tushirmoqda

    28.03.2023, 16:55

    O‘zbekistonda kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi qanday o‘zgarmoqda?

    28.03.2023, 16:30

    Yevropa Ittifoqi o‘z a’zolariga Rossiyadan LNG importini cheklash imkoniyatini bermoqchi

    28.03.2023, 15:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Putinga Ukraina bilan hududlar almashinuvini muhokama qilishni taklif qiladi

    Dunyo | 7 avgust, 23:25

    “Deputat saylovchilar masalalarini ko‘tarib, har qanday darajadagi rahbarga ko‘ndalang qo‘yishi kerak” — Erkinjon Turdimov

    O‘zbekiston | 7 avgust, 23:16

    Google bepul AI repetitorni taqdim etdi

    Dunyo | 7 avgust, 23:10

    Elektr taʼminoti korxonalari xodimlari ham bodikamera bilan ishlashni boshladi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:55

    Buxoroda ota farzandlariga 128 mln so‘m alimentni to‘lamay yurgani maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:45

    Gana prezidenti samolyot halokatidan mo‘jiza tufayli omon qolgan — Ghanaweb

    Dunyo | 7 avgust, 22:30

    Google xakerlik hujumiga uchraganini tasdiqladi

    Dunyo | 7 avgust, 22:20

    Buxoroda tadbirkor 800 mln so‘mdan ortiq asossiz soliqqa tortildi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.