O‘zbekiston sobiq SSSR mamlakatlari orasida uy-joy qurilishi istiqbollari bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda “Etaji” kompaniyasi tadqiqotlariga tayanib “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Tadqiqotda aholining o‘rtacha yillik o‘sishi, naqd pul uchun uy-yoy mavjudligi, oilaning ish haqi evaziga ipoteka berilishi, mamlakatda har 1 000 ta odamga qancha uylar foydalanishga topshirilishi kabi omillar inobatga olingan.
“Etaji” kompaniyasi tomonidan O‘zbekistondan tashqari Rossiya, Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonning ko‘chmas mulk bozorlari tahlil qilindi.
Natijarga ko‘ra, Qozog‘iston sobiq SSSR mamlakatlari orasida uy-joy qurilishi istiqbollari bo‘yicha yetakchi deb topildi.
O‘zbekiston ikkinchi o‘rinda qayd etildi — to‘plangan ipoteka portfelining ulushi, YIM o‘sishi va aholining uy-joy bilan ta’minlanishi bo‘yicha mamlakat yaxshi ko‘rsatkichlarga erishdi.
Rossiya uy-joy sotib olish kabi salbiy ko‘rsatkichlarga qaramay uchinchi o‘rinni egalladi.
Bundan tashqari, Turkmaniston va Ozarbayjon sobiq SSSRning uy-joy qurilishi bo‘yicha eng istiqbolli beshta davlati qatoriga kiradi.