Rossiyaning Moskva shahrida koronavirusga qarshi “Sputnik-V” yaratuvchilaridan biri, 48 yoshli virusolog Andrey Botikov uyida bog‘ib o‘ldirildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Holat yuzasidan Rossiya Tergov qo‘mitasi “Qotillik” moddasi (Rossiya Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan. Marhum N. F. Gamaley nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya milliy tadqiqot markazida ishlagan. Rogova ko‘chasidagi xonadonlardan birida 29 yoshli mehmon uy egasi Andrey Botikov bilan janjallashib, uni kamar bilan bo‘g‘ib o‘ldirgan.
Qotillikda gumon qilingan erkak hibsga olingan, u o‘z aybiga iqror bo‘lgan. Ayblanuvchi avval ham og‘ir jinoyat uchun javobgarlikka tortilgan.
“Sputnik V” — Rossiyada COVID-19 ga qarshi asosiy vaksina hisoblanadi. U 2021-yil boshidan Rossiyada keng qo‘llanila boshlangan. Mazkur vaksina boshqa mamlakatlarga ham yetkazilgan.