Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘zbekistonlik erkakni ikkita avtomobil urib ketdi, jabrlanuvchi voqea joyida halok bo‘ldi. Bu haqda "78.ru" xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, avtomagistralning 10-kilometrida Kia Soul rusumli avtomashina yo‘lning o‘ng chizig‘ida bo‘lgan 34 yoshli O‘zbekiston fuqarosini urib yuborgan. Shundan so‘ng jabrlanuvchini Hyundai Solaris avtomobili bosib ketgan va voqea joyidan yashiringan.
O‘zbekistonlik erkak olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan. Kia avtomobilini 41 yoshli ayol boshqargan.
U 2022-yil davomida bir marta yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan.Hyundai mashinasini avvalroq 18 oyga haydash guvohnomasi olib qo‘yilgan 37 yoshli erkak boshqargan. Unga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilgan. Hodisaning barcha holatlariga oydinlik kiritilmoqda.