Dzyudo. Toshkent mezbonlik qilayotgan Katta dubulg‘a musobaqasining dastlabki kunida 3 nafar o‘zbekistonlik medalga ega chiqdi
Toshkentda 3-mart kuni dzyudo bo‘yicha Katta dubulg‘a musobaqasi start oldi. Dastlabki kungi bahslarda 5 ta vazn toifasida 20 nafar o‘zbekistonlik dzyudochi tatamiga ko‘tarildi.

Erkaklar toifasida -60 va -66 kg vazn toifalaridagi bahslar o‘tkazildi. -66 kg toifasida Sardor Nurillayev finalga qadar yetib bordi va hal qiluvchi bahsda tojikistonlik raqibiga yengilib, kumush medalga ega chiqdi. Mazkur vazn toifasidagi yana bir O‘zbekiston vakili Muhriddin Tilovov bronza medalini qo‘lga kiritdi.
-60 kg vazn toifasida esa Doston Ro‘ziyev bronzaga ega chiqdi.
Dilshod Baratov, Zamohshari Bekmurodov (ikkisi -60 kg) chorak finalda o‘z yurishini to‘xtatdi. Kamoliddin Baxtiyorov (-60 kg), Bobur Vajiyev va Abdurahim Nutfulloyev (ikkisi -66 kg) dastlabki bosqichlarda o‘z yurishini to‘xtatdi.
Ayollar musobaqalarida Halima Qurbonova (-48 kg) chorak finalga qadar yetib keldi. Shuningdek, Mashhura Azimova, Fotima Tursunboyeva, Gulnur Muratbayeva, Zuhra Ma’murjonova, Gulhayo Jo‘rayeva, Diyora Keldiyorova, Sita Kadambayeva, Shukurjon Aminova, Nilufar Yermaganbetova, Farangiz Rejepova va Yuliana Maksetbayeva ham 3-mart kuni o‘z ishtirok o‘tkazdi.