“AQSh Davlat kotibining mintaqa bo‘ylab safaridan so‘ng fikr almashish uchun muhim” — qozog‘istonlik siyosatshunos Mirziyoyev va To‘qayev norasmiy uchrashuvi haqida
Davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvlari xalqaro miqyosda tan olingan an’anaga aylanib bormoqda. Bu qandaydir psixologik muvofiqlikning yuqori darajasidan dalolat beradi, ikki davlat rahbarlari qarashlari, pozitsiyalari va sof insoniy munosabatlari yaqinligini ko‘rsatadi. Xususan, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari rahbarlarining uchrashuvlari buni yaqqol namoyon etadi. “Daryo” muxbiri siyosatshunos Burixan Nurmuhamedov bilan O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlari norasmiy uchrashuvi haqida suhbatlashdi.

“Norasmiy uchrashuvlar bundan ham tez-tez o‘tkazilib turishi mumkin edi. Masalan, milliy va diniy bayramlar, yirik festivallar va boshqa muhim tadbirlar sharafiga. Mintaqaning yirik davlatlari uchrashuvining ahamiyati va muhimligi yuqori ekanini alohida qayd etib o‘tmoqchiman. Ikki davlat o‘rtasidagi yaxshi munosabatlar butun mintaqada do‘stona va samarali muhit uchun asos bo‘ladi.
Aynan ushbu uchrashuvga kelsak, menimcha, AQSh Davlat kotibining mintaqa bo‘ylab safaridan so‘ng fikr almashish uchun muhim. Joriy bahorda Ukraina va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi mojaroning yangi boshqichi sharoitida Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha BMT rezolyutsiyasi qabul qilinganini hisobga olgan holda, ikki davlat rahbari, aftidan, yagona harakatlarni ishlab chiqish bo‘yicha fikr almashishga qaror qilgan”.
Svetlana Shesternyova suhbatlashdi