Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qirg‘iziston parlamenti yig‘ilishida deputat Tazabek Ikramov energetika vaziri Taalaybek Ibrayevni qishki mavsumga tayyorlanmagani uchun tanqid qildi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.

Foto: “NazarNews.kg”

Foto: “NazarNews.kg”
Deputat hokimiyatga davlatga zarar yetkazadigan odamlar kelishini aytgan.

“Siz 2009-yildagi kabi chiroqlarni o‘chirish uchun hukumatga kelasiz. Nega 2010-yildan beri elektr tokini o‘chirish bo‘lmadi? Siz hokimiyatga kelguningizcha bunday holat kuzatilmagan”, — degan u.

Energetika vaziri bir necha yildan buyon anomal sovuq kuzatilmagani, har besh yilda suv kamayishi davri bo‘lishini qo‘shimcha qilgan.

“Kimdir mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi va ishlashi kerak. Hozircha bunday odam yo‘q. Men kursini ushlab turganim yo‘q. Agar kimdir mening o‘rnimga kelib, mamlakatni qiyin vaziyatdan olib chiqaman, desa, ketaman”,— deya energetika vaziri deputatga javob berdi.

Tazabek Ikramov vazirni ishdan bo‘shatish emas, javobgarlikka tortish kerakligini ta’kidladi.

Qirg‘iziston Energetika vazirligi mamlakatda vaqti-vaqti bilan elektr o‘chirilishini ma’lum qilgan. Agar elektr energiyasi uzilmasa, odamlar bir oy davomida elektr ta’minotisiz qolishi mumkinligi, chunki qurilmalarni qayta tiklash zarurligi aytilgan.

12-yanvar kuni Qirg‘izistonda maksimal sutkalik elektr energiyasi iste’moli qayd etildi. Aholidan elektr energiyasini tejash so‘ralgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiyadagi zilzila ortidan yana 6 ta davlatda yer qimirlashi yuz berdi (video)
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on telefon orqali muloqot qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi