Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola faoliyatini yakunlagach, nimalar bilan shug‘ullanishi aytib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

“Uyga, Barselonaga qaytaman. Lekin unda yoshim ancha katta bo‘ladi. Farzandlarim ham mustaqil hayotga qadam qo‘ygan, men bilan rafiqam esa yil davomida ta’tilda bo‘lamiz. Boshqa joylarni ko‘ramiz. Faqatgina ikkimiz.

Barselonaga qaytaman. 11 oy davomida 25 darajani, ovqat, dengiz va uning hidini sog‘inaman. Pardani ochasan va derazadan uchqunni ko‘rasan. Yuragimga yaqin jamoaning o‘yinlarini stadiondan ko‘rish uchun birga boradigan juda ko‘p do‘stlarimni, hozir bajara olmaydigan ko‘p narsalarni sog‘indim.

Masalan, hozir men ovqat tayyorlay olmayman, boshqa joylarga sayohat qila olmayman, har kuni golf o‘ynay olmayman, ulug‘vor 90 kilogramli bobo bo‘lish uchun har kuni tushlik qila olmayman. Mana men nafaqada nimalar qilaman”, — deydi 52 yoshli Gvardiola.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi