Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Aeroflot” kompaniyasi samolyoti ​​18-yanvar kuni Moskvadan Goaga uchayotgan vaqtida Urganchga qo‘ndirildi. Bu haqda Uzbekistan Airports axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Uzbekistan Airports axborot xizmati

Foto: Uzbekistan Airports axborot xizmati

AFL236 yo‘lovchi reysi Goa yo‘nalishi bo‘yicha uchayotgan vaqtda mast holatda zo‘ravonlik qilgan yo‘lovchi sabab Urganch xalqaro aeroportidagi muqobil aerodromga kelib qo‘ngan. Ekipaj samolyot bortiga militsiya xodimlarini chaqirgan.

“Bortida 356 yo‘lovchi bo‘lgan Boeing 777-300 samolyoti mahalliy vaqt bilan 20:29 da favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Zo‘ravon yo‘lovchi reysdan olindi. Havo kemasi Urganchdan manzil aeroportiga parvozini davom ettiradi”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: Toshkentdan Olmaotaga uchayotgan samolyot kuchli havo girdobiga tushib qoldi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Prava”ni yangisiga almashtirib beradigan onlayn xizmat faoliyatida nosozlik kuzatilmoqda
Mahalliy
O‘zbekistonda gaz zapravkalar qayta ochilishi kutilmoqda
Dunyo
Rossiya Belarusga yangi harbiy qismlar joylashtirdi — Ukraina chegara xizmati