Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Farg‘onada jamoat tartibini buzib, IIB xodimlarini haqorat qilgan mast fuqaro 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati

Foto: Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati

18-yanvar kuni fuqaro I.R. Farg‘ona shahar Islom Karimov nomli kichik halqa yo‘lida, yo‘lning qatnov qismida spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda harakatlanib ketayotgan bo‘lgan. YPX inspektorlari fuqaroning xavfsizligini o‘ylagan holda, boshqa harakat ishtirokchilarining harakatiga xalaqit bermasligini talab qilgan.

Ammo fuqaro ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talabini bajarmasdan, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, jamoat tartibini buzib, uyatli so‘zlar bilan so‘kinib, baqir-chaqir qilib, fuqarolar tinchligini buzgan.

U Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183 (mayda bezorilik) va 194-moddalarida (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etganlikda aybdor deb topildi.

Sud qaroriga asosan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi hamda BHMning 5 baravari (1,5 million so‘m) miqdoridagi jarima jazosi tayinlandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?