Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Birinchi trimestrda homilador ayolning to‘g‘ri ovqatlanishi juda ham muhimdir, chunki bu davrda homila faol tarzda shakllanadi. Ayniqsa, bo‘lajak onada jig‘ildon qaynashi yoki toksikoz kuzatilsa, parhezga rioya qilishi kerak, deb yozadi Wday.

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

Homilador ayolning ratsioni qanday bo‘lishi kerak?

Homilador ayol hamma o‘ylaganidek ikki karra ko‘p ovqatlanmasligi kerak. Homilaga kaloriya emas, balki ozuqa moddalari kerak. Oziq-ovqat sog‘lom va vitaminlarga boy bo‘lishi shart. Birinchi trimestrda parhezga rioya qilish muhimdir. Oziq-ovqatning energiya qiymati 2700 Kkaldan oshmasligi lozim.

Ovqatlanish bo‘yicha tavsiyalar:

  • tez-tez, oz-ozdan kuniga 5-6 martagacha ovqatlanish;
  • oxirgi ovqatni yotishdan 2-3 soat oldin iste’mol qilish;
  • qaynatilgan, bug‘da pishirilgan ovqatlarni iste’mol qilish, qovurilganlari hazm qilish tizimini zo‘riqtiradi;
  • kuniga 5-6 grammdan ko‘p bo‘lmagan tuz iste’mol qilish;
  • ovqatni iliq holatda iste’mol qilish;
  • kuniga 1,5 litrdan ko‘p bo‘lmagan suyuqlik ichish.
Ratsion homilador ayol 100-120 gramm oqsil, 350 gramm uglevodlarni va 75 gramm yog‘ni oladigan tarzda ishlab chiqilishi kerak.

Qanday mahsulotlar iste’mol qilish mumkin?

Birinchi trimestrda ko‘p kletchatka kerak bo‘ladi, u ichak faoliyatini rag‘batlantiradi. Kalsiy, yod, temir, rux, fosfor, selen, B, D, E vitaminlari, foliy kislotasi ham muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, boshqa oziq moddalar kerak, shuning uchun ratsion xilma-xil bo‘lishi kerak.

Foydali mahsulotlar:

  • meva va sabzavotlar;
  • dengiz baliqlari;
  • sutli mahsulotlar;
  • yog‘siz go‘sht — quyon, bedana, mol go‘shti;
  • grechka, jo‘xori uni, tariq, arpa va bug‘doy;
  • dengiz karami;
  • o‘simlik moyi;
  • yong‘oq;
  • tuxum, lekin haftasiga 2 donadan ko‘p emas.
Shuningdek, homilador ayol yangi siqilgan sharbatlar, mevali ichimliklar, rezavorlardan kompotlar ichishi kerak.

Nimalar iste’mol qilish mumkin emas?

Oddiy uglevodlarni o‘z ichiga olgan mahsulotlarni iste’mol qilmaslik lozim. Ular bola uchun foydali emas, balki faqat vazn ortishiga hissa qo‘shadi. Shirinlik, shokolad va shakar iste’mol qilishni cheklash lozim. Xamir va un mahsulotlarini ko‘p tanovul qilmaslik lozim. Bo‘yoqlar, ta’m stabilizatorlari va konservantlarni o‘z ichiga olgan zararli mahsulotlar umuman taqiqlanadi.

Fastfud, dudlangan go‘sht, kolbasa, sosiska, mayonez, ketchup, souslardan voz kechish kerak. Bu ro‘yxatga chips va krakerlar, go‘sht va baliq konservalari ham kiradi. Gazlangan ichimliklar va achchiq qahvalardan voz kechish tavsiya etiladi.

Homiladorlik davrida to‘g‘ri va to‘yimli ovqatlanish chaqaloq normal rivojlanishining kalitidir. Noto‘g‘ri ovqatlanish toksikozga va hatto bola tushishiga olib kelishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda 2035-yilga borib aholi 45 milliondan oshishi kutilyapti — PMTI
Dunyo
Afg‘onistonda yuqori martabali amaldorlar “Tolibon” yetakchisini taxtdan ag‘darmoqchi 
Mahalliy
“Prava”ni yangisiga almashtirib beradigan onlayn xizmat faoliyatida nosozlik kuzatilmoqda