Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Dunyo bo‘ylab 81 milliarderning boyligi umumiy jahon boyligining yarmidan oshadi. Bu Oxfam xayriya tashkilotining hisobotidan ma’lum bo‘ldi (pdf). 

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

Hisobotga ko‘ra, milliarderlarning atigi 1 foizi dunyo boyligining 45,6 foiziga egalik qiladi. dunyoning eng kambag‘al yarmida esa 0,75 foiz boylik to‘plangan.

Oxfam xalqaro assotsiatsiya bo‘lib, 90 ta davlatda, xususan, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Kanada, AQSH va Avstraliyada 17 dan ortiq tashkilotni o‘z ichiga oladi. 

Tashkilot faoliyati qashshoqlikka qarshi kurashga qaratilgan. Boshqa narsalar qatorida, Oxfam xalqaro moliya tashkilotini isloh qilish va adolatli savdo qoidalarini o‘rnatishga intilmoqda.

Tashkilot hisobotiga ko‘ra, pandemiya boshlangan 2020-yildan beri milliarderlarning boyligi kuniga 2,7 milliard dollarga oshgan. Tahlilchilar bu o‘n yillikni dunyodagi eng boy odamlar uchun moliyaviy bum deb atagan. 

Oxfam ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yildan beri dunyodagi eng badavlat 1 foiz odamlar o‘z boyliklarini 26 trillion dollarga oshirgan. 

Tashkilotning qayd etishicha, ko‘plab milliarderlarning boyligi, jumladan, oziq-ovqat sanoati va energetikadan olingan daromadlarning keskin oshgani hisobiga ko‘paygan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 95 oziq-ovqat va energetika korporatsiyasi 2022-yilga kelib o‘z foydasini ikki baravar oshirgan.

Hisobot mualliflari multimillionerlar va milliarderlar daromadiga 5 foizgacha soliq joriy etishni taklif qilmoqda. 

Tadqiqotchilarning fikricha, bu yiliga 1,7 trillion dollarga yaqin daromad keltiradi. Bu miqdor bilan, mualliflarning fikricha, 2 milliard odamni qashshoqlikdan qutqarish mumkin. 

Umuman olganda, dunyodagi eng badavlat kishilarning soliqqa tortilishi qator global inqirozlarning oldini oladi, deyiladi hisobotda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi