Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Angliyada hamshiralar ish haqini oshirish talabi bilan fevral oyida ommaviy ish tashlash o‘tazmoqchi. Bo‘lajak aksiyalari haqidagi bildirishnomalar Qirollik hamshiralar kolleji veb-saytida e’lon qilinmoqda.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Ta’kidlanishicha, namoyishlar 6 va 7-fevral kunlariga belgilangan, ularning har biri 12 soat davom etadi. Aksiyaga dastlab Milliy sog‘liqni saqlash xizmatining 73 ta assotsiatsiyasi vakillari qo‘shiladi. Dekabr oyida o‘tkazilgan so‘nggi aksiyada 55 ta uyushma ishtirok etgandi.

Qayd etilishicha, agar yanvar oyi oxirigacha ish haqi bilan bog‘liq vaziyat o‘zgarmasa, rejalashtirilgan ish tashlash boshlanadi. 18 va 19-yanvar kunlari o‘tkazilishi kerak bo‘lgan namoyishlar ham bekor qilinmagan, deyiladi xabarda.

Dekabr oyida Amerikaning The New York Times gazetasida ishlovchi 1000 dan ortiq xodim 40 yil ichida birinchi marta 24 soatlik ish tashlash e’lon qilgandi. Xodimlar ish haqini oshirish va masofadan turib ishlash imkoniyatini kengaytirishni talab qilgan.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ikki davlatga ID karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi
Mahalliy
Hokimiyat xodimlarini ovqatlantirishga 1,3 milliard so‘m, talabalar uchun Dubayga sayohat, “tushunmasdan” lotni yutib qo‘ygan tadbirkor — 27-yanvardagi qiziqarli t...
Dunyo
Sayfullo Soipov 2017-yil Nyu-Yorkda yuz bergan teraktda aybdor deb topildi. U o‘limga hukm qilinishi mumkin