Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi 20-dekabr kuni bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda jurnalist, siyosiy sharhlovchi Xayrulla Nuriddinov “Menimcha” ko‘rsatuvining 17-dekabrdagi efirida ma’lum qildi.

“Mamlakat taraqqiyotining eng muhim, ustuvor vazifalari e’lon qilinadigan ushbu yillik murojaatnoma seshanba kuni bo‘lishi kutilmoqda. O‘sha kuni bizni albatta juda ko‘p yangilik kutmoqda, menimcha”, — dedi jurnalist.

O‘zbekiston prezidentining Oliy Majlisga murojaat qilish an’anasi dastlab 2017-yil dekabr oyida joriy etilgan bo‘lib, mazkur murojaatnomada ko‘tarilgan masalalar o‘z dolzarbligi bilan fuqarolar va xalqaro hamjamiyatning diqqat e’tiborini o‘ziga tortib kelmoqda. Prezident o‘z murojaatida odatda o‘tgan yilni sarhisob qiladi va yaqin kelajakda respublikani rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlariga to‘xtalib o‘tadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Eron oliy rahnamosi Yevropa davlatlarida Qur’onning yoqib yuborilishiga munosabat bildirdi  
Moliya
2022-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari rekord darajadagi 17 mlrd dollarga yetdi
Mahalliy
Fotogalereya: O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tarixiy aloqalar