Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Nam havo, qishki ayoz tabbiy ravishda inson organizmiga boshqacha ta’sir qiladi. Biroq, kerakli tavsiyalarga amal qilinsa, qishda kasal bo‘lishning oldini olish mumkin. “Noviy ochag” nashri qishda kasal bo‘lmaslikka yordam beruvchi usullarni taqdim etdi.

Foto: “Noviy ochag”

Foto: “Noviy ochag”

Iloji boricha qo‘lingizni tez-tez yuving

Ko‘pincha infeksiya organizmga qo‘llarning terisidan kiradi, shuning uchun odatdagidan ko‘ra gigiyenaga ko‘proq e‘tibor bering. Amerikalik olimlarning fikricha, qo‘llarini tez-tez va yaxshilab yuvadigan insonlarning kasallikka chalinish ehtimoli 45 foizga kam. Shuning uchun o‘zingizni kerakli tavsiyalar yordamida himoya qiling.  Birinchidan, mavsumiy gripp va O‘RVI epidemiyasi paytida o‘zingiz bilan ruchka olib yuring va banklarda, do‘konlarda, kassada va boshqa joylarda mavjud bo‘lgan ruchkadan foydalanmang.

Ikkinchidan, o‘zingiz bilan kichik bir shisha idishda antibakterial vositani olib yuring va undan qo‘lingizni qattiq ifloslangan yuzalarga tekkizganingizdan keyin foydalaning — masalan, jamoat transportida sayohatdan keyin uni teringizga seping. Uchinchidan, qo‘lingizni yaxshilab yuving: avval ularni yaxshilab sovun bilan ishqalang (terini sovun bilan ishqalash bakteriyalarni yo‘q qilishga yordam beradi), keyin suv bilan yaxshilab yuvib tashlang va artib oling. Namlik bakteriyalar rivojlanishi uchun ideal muhit ekanini unutmang.

Ko‘proq suyuqlik iching

Agar kasal bo‘lgan insonning yonida bo‘lsangiz ham, yetarli miqdorda suv ichish bakteriyalarning organizmga joylashishiga yo‘l qo‘ymaydi. Gap shundaki, burun shilliq qavati bakteriyalarga qarshi tabiiy to‘siq bo‘lib xizmat qiladi, bu esa mikroorganizmlarning tanaga kirib borishini qiyinlashtiradi. Biroq oz miqdorda suv ichsangiz, shilliq qavat quriydi va himoya qilish samarasiz bo‘ladi.

Foto: “Noviy ochag”

Foto: “Noviy ochag”

Gipotermiyadan saqlaning

Gipotermiya immunitet tizimini zaiflashtiradi, chunki tana haroratini to‘g‘ri darajada ushlab turish uchun quvvat sarflanadi va infeksiyalarga qarshi kurashish uchun harakat qolmaydi. Inson sovuq muhitda bo‘lsa, tabiiy himoya mexanizmi ishga tushadi va qon hayotiy organlarga shoshiladi, shuning uchun birinchi navbatda qo‘llar, oyoqlar va bosh muzlaydi. Issiq poyabzal, bosh kiyim, qo‘lqoplar — bularning barchasi havo harorati nol darajadan pastga tushganda kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, juda sovuq havoda tanani issiq saqlash uchun qat-qat kiyining.

Xavotir olmang

Stress immunitet tizimini zaiflashtiradigan eng kuchli omillardan biri hisoblanadi. Yoga va meditatsiya bilan shug‘ullanadigan insonlarda stress gormoni kortizol darajasi past bo‘ladi. Bugungi kunda shifokorlar ushbu gormonning yuqori miqdori kasallik xavfini oshirishini tasdiqlagan. Har kuni dam olish uchun kamida 10-15 daqiqa topishga harakat qiling, bir necha marotaba chuqur nafas oling va yoqimli narsalar haqida o‘ylang.

Mavzuga doir: 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Tata Steel Chess 2023. Nodirbek Abdusattorov amerikalik raqibi bilan durang o‘ynadi va hamon musobaqa peshqadami bo‘lib turibdi. Javohir Sindorovda ham durang
Mahalliy
Surxondaryodan topilgan ayiq bolasi zooparkka topshirildi
Mahalliy
O‘zbek tili darsligida musiqa asboblari nomi xato yozilgani aytildi (video)