Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ko‘plab insonlar kiyim dazmollashni yoqtirmaydi. To‘g‘ri dazmollangan kiyimlarni kiyish tashqi ko‘rinishga ham qisman ta’sir qiladi. “Noviy ochag” nashri dazmol qilishda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan xatoliklar haqida ma’lumot berdi.

Foto: “Yandeks.ru”

Foto: “Yandeks.ru”

Juda quruq matoni dazmollaysiz 

Bir oz nam matoda burmalarni tekislash osonroq. Quruq kiyimlarni dazmollash uchun dazmol ustidagi bug‘li purkagich (pulverizator)ni yoqing, kiyimni namlang, shundan keyin dazmol va kiyim orasiga ho‘l doka qo‘ying. Hech bo‘lmaganda matoni biroz namlab oling, biroq quruq matoni dazmol qilmang.

Nozik matolar va sintetikalarni paxtali matolardan bo‘lgan liboslardan keyin dazmol qilasiz 

Birinchi navbatda nozik matolarni past haroratda dazmollash to‘g‘ri bo‘ladi, shundan keyingina paxta va zig‘ir matosidan bo‘lgan kiyimlarni maksimal haroratda dazmollash kerak. Bu holatda nozik matodagi kiyimlarni kuydirib olmaysiz (odatda pastroq rejimga o‘tishda sovitish uchun vaqt yo‘q bo‘ladi).

Dazmol juda issiq haroratda bo‘ladi

Kiyimlarni dazmollash qoidalari: aralash matolardan tikilgan kiyimlar uchun haroratni sezgirroq komponentga qarab tanlang. Paxtali, junli matolarga jun uchun to‘g‘ri keladigan, ipak bilan zig‘ir matoli liboslarga ipak uchun mos keladigan haroratni tanlang. Agar quyidagi rejimga amal qilsangiz, kiyimlar kuyishini va dazmol ishdan chiqishini oldini olasiz.

Foto: “Noviy ochag”

Foto: “Noviy ochag”

Suvdan foydalanmaysiz

Zamonaviy dazmollar oddiy suvda juda yaxshi ishlaydi. Qaynatilgan yoki distillangan suvdan foydalanish shart emas. Agar sizda faqat qattiq suvdan foydalanish imkoniyati bo‘lsa, oddiy suvni qaynatilgan suv bilan birga bir nisbatda suyultirishingiz mumkin.

Dazmolni tozalamaysiz

Teflondan bo‘lgan dazmolning tagini vaqti-vaqti bilan tozalash kerak. Dazmollar uchun mo‘ljallangan tozalovchi vositalardan foydalaning, shunda dazmollash osonroq bo‘ladi va u zig‘irdan bo‘lgan matoni kuydirmaydi.

Dazmolni suv bilan to‘ldirilgan holatda saqlaysiz

Dazmollashdan keyin suvni to‘kib tashlang. Shunda dazmol tasodifan ag‘darilsa ham suv sizib chiqmaydi va uning ichki qismida suvni yaxshi ko‘radigan organizmlar paydo bo‘lmaydi.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda Urug‘chilik hamda pistachilik ilmiy markazlari tashkil etiladi
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Maslahatlar
Shirinliklar o‘rniga nima iste’mol qilish mumkin? Qaddi-qomatga zararsiz tavsiyalar