Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Dazmollangan kiyimlarni tartib bilan kiyish tashqi ko‘rinishda ahamiyatga ega. Ko‘plab insonlar dazmol qilishni emas, dazmol qilingan kiyimlarni kiyishni yoqtiradi. The Voice nashri tajribali uy bekalari foydalanadigan, dazmollashni yoqtirmaydigan insonlar uchun 3 ta layfxakni taqdim etdi.

Foto: The Voice

Foto: The Voice

G‘ijim bo‘lmaydigan matolardan tikilgan kiyimlarni tanlang

Yangi kiyimlarni tanlashda, zig‘ir tolali va yumshoq matodan tayyorlangan narsalarga e’tibor bering, ular yuvilganda silliqlashadi, faqat kiyimni ilgichga osib qo‘yish kerak. Paxtali matodan tikilgan kiyimlar ham silliq bo‘lish xususiyatiga ega.

Kiyimlar qurigandan so‘ng darhol ularni osib qo‘ying 

Kiyimlaringizni kir yuvish mashinasida yuvgandan keyin barabanda qoldirib ketasizmi? Bu odatni unuting. Nam kiyimlar kir yuvish mashinasi ichida qancha uzoq qolsa, shunchalik g‘ijim bo‘ladi.

Bug‘dan foydalaning

Ko‘pchilik bug‘li dazmolning afzalliklarini uzoq vaqtdan beri qadrlashdi va uni ishlatishadi. Biroq shunga o‘xshash prinsipga ko‘ra kiyimlarni tekislash mumkin va juda oson. Hammomda kiyim ilgichga kiyimingizni osib qo‘ying, issiq suvni oqizib qo‘ying va eshikni yoping. Qisqa vaqt ichida bug‘ matoning burmalarini ideal tarzda tekislaydi va kiyimlarga dazmol ishlatmasa ham chiroyli ko‘rinadi.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“O‘zsanoatqurilishbank” kapitaliga 125 million dollar, “Asakabank”ka 100 million dollar jalb etiladi
Mahalliy
Ommaviy savdolar orqali to‘liqligicha sotiladigan korxonalar ro‘yxati tasdiqlandi
Dunyo
Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili O‘zbekistonga kelmoqchi