Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlik va sanoatni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yaratilgan imkoniyatlarga qaramasdan, ayrim hududlarda aholi bandligini ta’minlash ko‘rsatkichlari yaxshi emasligi ko‘rsatib o‘tildi.

Ta’kidlanishicha, 2022-yil davomida doimiy bandlar soni Kitob, Koson, Mirzaobod, Narpay, Nishon, Furqat tumanlarida kamaygan. Tegishli viloyat hokimlariga uch kun muddatda ushbu tuman hokimlariga nisbatan chora bo‘yicha taklif berish topshirildi.

Xususiy sektorda faoliyat ko‘rsatayotgan 232 mingta korxonada ishchilar soni bor-yo‘g‘i 1 nafarni tashkil qiladi. Bu degani ular haliyam “yashirin iqtisodiyot” sharoitida ishlab, “konvert”da oylik to‘lab kelmoqda.

Bunday holat 47 ta tumanda eng yuqori. Misol uchun,

  • Nukus, Zarbdor, Mirishkor, Muzrabot, Kattaqo‘rg‘on tumanlarida 80 foiz;
  • Jondor, Koson, Urgut, Pastdarg‘om, Uchqo‘rg‘onda 75 foiz;
  • Guliston, Namangan, Qo‘shko‘pir tumanlarida 70 foiz korxonalarda 1 ta ish o‘rni ko‘rsatilgan.
Chakana savdo, yo‘lovchi va yuk tashish, qishloq xo‘jaligi xizmatlari, mehmonxona, oshxona, IT (ay-ti), avtomobil ta’mirlash kabi faoliyatlar bo‘yicha ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizdan 1 foizga tushirilgan. Ushbu 47 ta tumandagi korxonalarning yarmidan ko‘pi aynan shu faoliyatlar bilan shug‘ullanadi.

Lekin bu tumanlardagi korxonalar adolatli soliq to‘lash va davlat bilan hamkorlikka o‘ta olmayapti. Shuningdek, 25 yoshgacha bo‘lganlarni ishga qabul qilganda tadbirkorlar 6 oy davomida ijtimoiy soliqdan ozod qilindi.

“Bu imtiyozlar aynan tumanlarda tadbirkorlikni rivojlantirishga turtki berishga qaratilgan-ku! Lekin ushbu tumanlarning hokimi, birinchi o‘rinbosari va soliq rahbari nima bilan band? Nima uchun, 70—80 foiz korxonalarida 1 nafardan xodim ishlayotgani bilan biror marta qiziqib ko‘rmagan?” — so‘radi davlat rahbari.

Viloyat hokimlariga mas’ul idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda bu 47 ta tumanda so‘rov o‘tkazib, har biriga alohida yondashuvlarni ishlab chiqish topshirildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov