Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentning Yakkasaroy tumanida elektr uzatish simlarida kichik yong‘in sodir bo‘ldi. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Foto: Videodan kadr

Foto: Videodan kadr

“Hududiy elektr tarmoqlari” matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 15-dekabr kuni Muqimiy ko‘chasidagi aholi yashash xonadonlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi havo elektr uzatish tarmog‘ida yuklamaning ortib ketishi natijasida simlarning qisqa tutashuvida kichik yong‘in sodir bo‘lgan.

Ayni vaqtda Yakkasaroy TETKning tezkor guruh ishchi-xodimlari tomonidan avariyani tezkorlik bilan bartaraf etish uchun barcha zarur choralar ko‘rilib, hududlarda tezkor chiqish brigadalari tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilib, avariya holati bartaraf etilmoqda.

Foto: “Hududiy elektr tarmoqlari” matbuot xizmati

Foto: “Hududiy elektr tarmoqlari” matbuot xizmati

Xabarda ta’kidlanishicha, respublika bo‘ylab havo haroratining keskin sovib ketishi natijasida gaz bosimining  pasayib ketishi natijada elektr energiyasiga bo‘lgan talab ortib, joylardagi mavjud past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida avariyali uzilish holatlari yuzaga kelmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
Mahalliy
Toshkentda avtobusning yurgan masofasiga qarab to‘lov qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi
Mahalliy
Aholining valyuta ayirboshlashga yoʻnaltirgan pul mablagʻlari hajmi 68 foizga oʻsdi — Markaziy bank