Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning “Uyg‘onish davri” partiyasi ofislari va Parijdagi McKinsey shtab-kvartirasi tintuv qilindi. Bu haqda France 24 xabar berdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Ma’lum qilinishicha, tintuv 2017-yilgi Makronning saylovoldi kampaniyasini Amerika konsalting kompaniyasi tomonidan moliyalashtirish ishi bilan bog‘liq. Partiya foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday ma’lumotni taqdim etishga tayyorligini bildirgan.

Noyabr oyida milliy moliya prokuraturasi saylov kampaniyasi AQSHning McKinsey konsalting firmasi tomonidan noqonuniy moliyalashtirilgani bo‘yicha prezident Makronga nisbatan tergov boshlagan. Tergov uch sudyaga topshirilgan, ular birinchi navbatda Makron va McKinsey o‘rtasidagi aloqalarni tekshiradi.

Makronning o‘zi tergov haqida OAV orqali bilganini aytib, 2017-yilgi kampaniya hisob akkauntlari allaqachon tekshirilgani va bu ish haqida “hech kim yozmagani va qo‘ng‘iroq qilmaganini” qo‘shimcha qilgan.

Mavzuga doir: Donald Trampning Floridadagi uyi FQB tomonidan tintuv qilindi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Saudiyalik tadbirkor O‘zbekistonda avtomashina ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga sarmoya kiritadi 
Mahalliy
1000 dollar oylik olayotgan oʻqituvchilar, 1 mln nafardan oshgan talabalar, yangi qurilgan 27 ta TTJ — oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Komiljon Karimov bilan ekskly...
Mahalliy
Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi