Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 13-dekabrda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 19,25 so‘mga ko‘tarilib, 11 271,26 so‘mni tashkil qildi. Yevro 21,45 so‘mga oshib, 11 901,32 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,79 so‘mga pastlab, 179,72 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollarning rasmiy kursi ketma-ket ikki kun pastlab, 11 252,01 so‘mni tashkil qilgandi. Yevro va rubl kursi ko‘tarilgandi.