Toshkentning Olmazor tumanida Captiva Spark va Cobalt’ga borib urildi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea 12-dekabr kuni soat 12:00 larda Farobiy ko‘chasida yuz bergan. Haydovchi, 1972-yilda tug‘ilgan T.K. Captiva’da harakatlanayotib, oraliq masofani saqlamaganligi oqibatida 1977-yilda tug‘ilgan Sh.K. boshqaruvidagi Cobalt hamda, 1974-yilda tug‘ilgan M.A. boshqaruvidagi Spark avtomobillariga borib urilgan.
Hodisa oqibatida Spark yo‘lovchisi M.R. tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.