• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Jonni Depp “Karib dengizi qaroqchilari” filmiga qaytmoqda. Lekin osonlik bilan emas

    Noyabr oyi oxirida The Sun nashri aktyor Jonni Depp “Karib dengizi qaroqchilari” franshizasining 6-qismida yana kapitan Jek chittak rolini o‘ynashi haqida xabar berdi. Garchi 2022-yilning aprel oyida aktyor unga gonorar sifatida 300 million dollar va 1 million alpaka taklif qilinsa ham, filmining davomida suratga tushmasligini ma’lum qilgandi. Franshizaning yangi qismi haqida nimalar ma'lum? Jonni Depp haqiqatan ham bosh rolda o‘ynaydimi?

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Franshizaning birinchi qismi deyarli 20 yil oldin, 2003-yilda chiqarilgan. “Karib dengizi qaroqchilari: Qora marvarid tavqi la’nati” filmi Disneylenddagi mavzuli attraksionga ham asos bo‘lgandi. Premyeradan oldin jurnalistlar film muvaffaqiyatsiz bo‘lishini kutishgan, chunki o‘sha vaqtga qadar bu janr ko‘p yillar davomida muvaffaqiyat qozonmagan edi.

    Ammo kutilganidan farqli o‘laroq, film ajoyib muvaffaqiyatga erishdi, ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘ldi, uning kassa daromadlari 650 million dollardan oshdi (2003-yildagi 4-o‘rinni egallagan film) va tanqidchilar ham ijobiy sharhlarni qoldirdilar.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Tanqidchilar va tomoshabinlar bosh rollardan biri — kapitan Jek chittakni o‘ynagan Jonni Deppning zukko va noyob ijrosini yuqori baholashdi. Sharhlovchilardan biri shunday deb yozgan edi: “Karib dengizi qaroqchilari Jonni Deppga tegishli. Agar Depp ishtirok etmasa, o‘rtamiyona va zerikarli film chiqadi”.

    Jonni Depp "Eng yaxshi erkak roli" nominatsiyalarida bir nechta mukofotlarga sazovor bo‘ldi. Depp tomonidan ijro etilgan kapitan Jek chittak obrazi shu qadar taniqli va mashhur bo‘ldiki, u aktyor karyerasidagi o‘ziga xos rol bo‘lib qoldi.

    Kartinaning muvaffaqiyati Walt Disney Pictures’ni trilogiya yaratishga undadi. Filmning yan ikkita davomi suratga olindi: “Karib dengizi qaroqchilari: murdalar sandig‘i” (2006) va “Karib dengizi qaroqchilari: dunyolar chegarasida” (2007). Trilogiyaning jami daromadi 2,5 milliard dollardan ortiqni tashkil etdi.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Bunday katta daromad va mashhurlik “Qaroqchilar”ning yana 2 qismini suratga olishdan boshqa yo‘l qoldirmadi: 2011-yilda “Noma’lum sohillarda” deb nomlangan 4-qism, 2017-yilda 5-qism — “Murdalar ertak aytmaydi” Umuman olganda, franshiza butun dunyo bo‘ylab 4,5 milliard dollardan ortiq daromad keltirdi.

    4-qism chiqishidan biroz oldin Disney 5 va 6-filmlarni ketma-ket suratga olishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgan edi, garchi yakunda faqat 5-qismi chiqqan edi. To‘g‘ri, rejissor Yoaxim Renning 2017-yilda “Murdalar ertak aytmaydi” filmi sarguzashtning faqat boshlanishi ekanligini ta’kidlab, davomi albatta bo‘lishini tasdiqladi.

    Ammo 2018-yilda Disney franshizaga “yangi energiya” olib kelmoqchi ekanligini aytib, Depp bilan hamkorlikni to‘xtatdi. Film rahbarlari hatto “Qaroqchilar” filmining ssenariysini yozish uchun “Dedpul” mualliflarini yollashdi. 2 yil o‘tgach esa Disney Deppning keyingi filmda hatto epizodik rolini o‘ynash g‘oyasini ko‘rib chiqishni ham rad etdi.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Muxlislar bu yangilikni g‘azab bilan qabul qilishdi, chunki “Karib dengizi qaroqchilari”ni Jek chittaksiz tasavvur qilish qiyin. Bu obraz filmlarda markaziy o‘rinni egallaydi. Muxlislar hatto 6-qismga ham aktyorni qaytarishni talab qilgan petitsiyani ham tuzishdi. Murojaat mualliflari studiya rahbariyatiga murojaat qilib, “Filmda Depp bo‘lmasa, hech kim bu film bilan qiziqmaydi”, deb yozishgan.

    Yaqinda The Sun nashri 2023-yilning fevral oyida Buyuk Britaniyada franshizaning 6-qismini suratga olish boshlanishi haqida xabar berdi — bosh rolni yana Jonni Depp o‘ynaydi. Qayd etilishicha, 2023-yil oxirida 59 yoshli aktyor sinov tariqasidagi suratga olishda ishtirok etishi kerak. Film sujeti haqida hali ko‘p narsa ma'lum emas. Prodyuser Jerri Bryukxaymerning so‘zlariga ko‘ra, ssenariy ustida ish olib borilmoqda.

    Manbaga ko‘ra, hammasi dastlabki bosqichda, hozircha loyihaga biriktirilgan rejissor ham yo‘q. Yangi filmning ishchi nomi — “Dengizdagi kun”. Dastlabki 3 ta filmda ishlagan Bryus Xendriks yangi loyihada ijrochi prodyuser etib tayinlandi, ammo boshqa tafsilotlar sir saqlanmoqda. Umuman olganda, Disney imkon qadar film haqidagi hamma narsani yashirmoqchi.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Eslatib o‘tamiz, aktyorning atrofidagilar The Sun bu xabarni e’lon qilgan kunning o‘zidayoq Deppning “Karib dengiz qaroqchilari” filmining yangi qismida ishtirok etishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi. Ammo loyihaning dastlabki bosqichi, uning maxfiyligi, shuningdek, tomoshabinlarning Jonni Depp ijro etgan personajga bo‘lgan mehrini inobatga olsak, mish-mishlar tez orada rasmiylar tomonidan tasdiqlanishiga ishonish uchun asos bor. Axir, shamol bo‘lmasa daraxtning uchi qimirlamaydi.

    Mavzuga doir:

    Kinotavsiya: Miriqib tomosha qilishingiz mumkin bo‘lgan Jonni Depp ijrosidagi filmlar

    Gollivud aktyori Jonni Depp “Karib dengizi qaroqchilari” filmining yangi qismida suratga tushmaydi

    OAV: Jonni Depp “Karib dengizi qaroqchilari”dagi roliga qaytishi mumkin

    12.12.2022, 19:45   Izoh (0)   21098
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Garri Potter” muxlislarining jiddiy savollariga sabab bo‘lgan filmdagi ba’zi kadrlar (foto)

    11.12.2022, 10:53

    Disney malikalarining ko‘pchilik e’tibor bermagan g‘alati jihatlari (foto)

    10.12.2022, 15:57

    “Ratatuy”, “Boshqotirma”, “Koko siri” — bolalar qolib, kattalar ham sevib tomosha qiladigan Pixar multfilmlari (video)

    08.12.2022, 18:50

    “Fi, Chi, Pi”, “Sukunat”, “Oroldagi ertak” — qayta-qayta ko‘rishga arziydigan, kuchli sujetga ega bo‘lgan turk seriallari

    08.12.2022, 10:55

    “Malikaning kundaligi”, “Forsaj”, “Joker” — davomi ekranlarga chiqishi kutilayotgan sevimli filmlar

    02.12.2022, 10:59

    Yig‘lamasdan ko‘rolmaysiz: Odamlar va jonivorlar do‘stligi haqidagi eng ajoyib filmlar

    01.12.2022, 12:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:00

    “Operachi bo‘lish oson emas” — Aqlbek Piyazov italyan tilini o‘rgangani, musofirchilikdagi hayoti va eng ko‘p olgan gonorari haqida gapirdi (foto, video)

    Shou-biznes | 30 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.