Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rekonstruksiya ishlari sabab 11-dekabr kuni bir qator poyezdlar jadvaliga o‘zgartirish kiritildi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” xabar qildi.

Qayd etilishicha, 11-dekabr kuni Qo‘qon—Buvayda bekatlari oralig‘ida modernizatsiya ishlari olib borilishi yuzasidan quyidagi yo‘lovchi poyezdlar harakati jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi:

10-dekabr kuni 126-sonli Xiva—Andijon yo‘nalishida harakatlanuvchi yo‘lovchi poyezd Xiva bekatidan Pop bekatigacha amaldagi jadval asosida harakatlanadi, keyin 11-dekabr kuni quyidagi jadval asosida harakatni davom ettiradi:

  • Pop 15:47 — Namangan 16:44 — Andijon 19:57.
126-sonli Xiva—Andijon yo‘nalishida Qo‘qon va Marg‘ilon uchun chipta xarid qilgan yo‘lovchilar Pop shahridan mazkur manzillar vokzaligacha avtobuslar tomonidan bepul eltib qo‘yiladi.

11-dekabr kuni 60-sonli Toshkent—Andijon yo‘nalishida harakatlanuvchi yo‘lovchi poyezd harakat jadvali quyidagicha:

  • Toshkent 07:55 — Pop 11:33 — Namangan 12:17 — Andijon 14:13
11-dekabr kuni 59-sonli Andijon—Toshkent yo‘nalishida harakatlanuvchi yo‘lovchi poyezd harakat jadvali quyidagicha:
  • Andijon 15:13 — Namangan 17:09 — Pop 17:51 — Toshkent 21:45
11-dekabr kuni 62-sonli Toshkent—Andijon yo‘nalishida harakatlanuvchi yo‘lovchi poyezd harakat jadvali quyidagicha:
  • Toshkent 17:22 — Pop 21:02 — Namangan 21:58 — Andijon 00:07
11-dekabr kuni 61-sonli Andijon—Toshkent yo‘nalishida harakatlanuvchi yo‘lovchi poyezd harakat jadvali quyidagicha:
  • Andijon 05:50 — Namangan 07:46 — Pop 08:28 — Toshkent 12:14
Izoh: 2022-yilning 11-dekabr kuni yo‘lovchi poyezdlar Qo‘qon va Marg‘ilon bekatlaridan harakatni amalga oshirmaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Turkmaniston gaz yetkazib bermagani uchun O‘zbekiston kompensatsiya talab qilgani rad etildi
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?