Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev energo resurslari taqchilligi bo‘yicha eng ko‘p muhokama qilinayotgan savollarga javob qaytardi.

“Agarda yetarli miqdordagi tabiiy gaz importi yo‘lga qo‘yilsa, issiqlik elektr stansiyalari belgilangan reja asosida yetarli miqdorda elektr energiyasini ishlab chiqarib, iste’molchilar to‘liq ta’minlanadi. Aholi xonadonlaridagi gaz bosimi bilan bog‘liq muammolar ham yechiladi.

Metan gaz quyish shoxobchalariga keladigan bo‘lsak, aholi gaz tarmoqlariga ulangan shoxobchalar baribir ma’lum grafik asosida ishlashi kerak, sababi — sovuq kunlarda kechki payt ovqat pishirish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi lozim. Ammo sanoat kollektorlari orqali alohida quvur tortib kelgan shoxobchalarning uzluksiz ishlashini ta’minlash mumkin”, — dedi Sherzod Xo‘jayev.

Qazib olinayotgan gaz to‘liq ichki iste’molga yo‘naltirilmoqdami?

“Bugungi kunda xorijiy yoki qo‘shma kompaniyalar tomonidan qazib olinayotgan gaz to‘liq ichki iste’molga yo‘naltirilyapti. Ushbu gazni eksport qilish yoki ichki bozorga yo‘naltirish xorijiy yoki qo‘shma korxonalar tomonidan emas, balki ‘O‘ztransgaz’ AJ tomonidan belgilanadi”, — deb qo‘shimcha qildi vazir o‘rinbosari.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov