Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida portlash sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. FVV matbuot xizmati buni rad etdi.

Qayd etilishicha, 9-dekabr kuni soat 06:00 da Toshkent shahar Shayxontohur tumani “Ko‘kcha” MFY General Uzoqov ko‘chasida joylashgan savdo do‘konlarining birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 06:09 da voqea joyiga yetib borgan va yong‘in soat 06:16 da o‘chirilgan.

“Yong‘in natijasida 20 kvadrat metr maydonda yengil konstruksiyadan qurilgan oziq-ovqat do‘koni yonib zararlangan. Voqea joyida hech qanday portlash holatlari yuz bermagan”, — deyiladi xabarda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi