Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“PSJ” prezidenti Nosir al-Helayfi Krishtianu Ronaldu bilan shartnoma imzolash borasidagi savollarga javob berdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

“U afsona, yulduz. Krishtianuning o‘yinidan hayratlanaman, uni futbolchi va professional sifatida hurmat qilaman. 37 yosh bo‘lishiga qaramasdan ajoyib formada.

Har bir klub Ronaldu bilan shartnoma imozlashni xohlaydi. Bizning vaziyatimizda u o‘ynaydigan pozitsiyada futbolchilarimiz yetarli. To‘g‘risini aytsam, buning iloji yo‘q”, — deydi al-Helayfi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Ronalduning “Manchester Yunayted” bilan shartnomasi bekor qilingan edi. Hozirda forvard erkin agent maqomida.

Avvalroq Krishtianu Saudiya Arabistoni klubi bilan kelishuvga erishgani haqida xabar qilingandi. Portugaliyalik futbolchining o‘zi esa bu mish-mishlarni rad etdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi