Madridning “Real” klubi “Palmeyras” forvardi Endrik transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Fabrisio Romanoga ko‘ra, Madrid jamoasi 16 yoshli futbolchi uchun Braziliya klubiga 60 million yevro to‘laydi, yana 12 million soliqlarni qoplash uchun ajratiladi. Tomonlar barcha masalani og‘zaki kelishib qo‘ygan va dekabr oyida hujjatlarni rasmiylashtirish niyatida.
Endrik “Real” safiga 2024-yilning yozida borib qo‘shiladi va 2030-yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi.
Yosh iqtidor egasi Braziliya chempionatining 2022-yilgi mavsumida 7 ta o‘yin o‘tkazib, uchta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Izoh (0)