Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonining “An-Nassr” jamoasiga o‘tayotganini rad etdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Avvalroq Ispaniyaning Marca nashri hujumchi 1-yanvar sanasida saudiyaliklar safiga borib qo‘shilishi va har mavsum uchun 200 million yevro maosh olishi haqida xabar bergandi.

“Yo‘q, bu noto‘g‘ri. Noto‘g‘ri”, — deya javob berdi portugaliyalik hujumchi JCh—2022 1/8 final bosqichi Shveysariyaga qarshi bahsdan so‘ng. Ronaldu uchrashuvda 17 daqiqa maydonda harakat qildi.

Jurnalist Fabrisio Romano Krishtianu haqiqatan ham “An-Nassr”dan taklif olgani, biroq hali o‘tishga rozilik bermaganini aytib o‘tdi.

Ronaldu Chempionlar Ligasida ishtirok etuvchi Yevropa klubidan taklif kutmoqda.

37 yoshli futbolchi joriy mavsum “Manchester Yunayted” va Portugaliya safida 22 o‘yinda ishtirok etib, 4 ta gol muallifiga aylandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekiston energetikasi: ortayotgan talab, taqchillik va koʻrilayotgan choralar haqida
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Mahalliy
Besh yilda 218 mingdan koʻproq xonadon. Oʻzbekistonda uy-joy muammosi qanday hal etilmoqda?