Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Joriy yilning 23 sentyabr kuni “O‘zbekneftgaz”AJning “Uzbekistan GTL” zavodi dunyo neft-gaz va kimyo sanoati sohasidagi eng nufuzli mukofoti, jahon energetika sanoatining “Oskar” mukofoti sifatida e’tirof etilgan “2022 Platts Global Energy Awards” – AQSHning “S&P Global” nufuzli hakamlar hay’ati tomonidan dunyoning yetakchi korxonalari qatorida nomzod sifatida tanlangan edi.

Mukofotning “Uglevodorodlarni qayta ishlash sohasi va kimyo sanoatidagi ulkan yutuqlari uchun” nominatsiyasida g‘oliblik uchun O‘zbekistondagi “Uzbekistan GTL” zavodi bilan bir qatorda Xitoydagi “China Gas Holdings”, Luksemburgdagi “Clariter”, Hindistondagi “Hindustan Petrolium Corporation” va “Indian Oil Corporation”, AQSHdagi “Kiewit”, “United Energy Trading”, “Valero Energy Corporation” kabi dunyoning yetakchi korxonalari ham nomzod sifatida kiritildi. Ta’kidlash joizki, ushbu kompaniyalarning barchasi bir necha mlrd dollarlik aylanmasiga ega va dunyoning yetakchi fond birjasi a’zolaridir.

8 dekabr kuni AQSHning Nyu-York shahrida “S&P Global” tomonidan mukofot g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

G‘oliblikka saralashda “Uzbekistan GTL” zavodida xalqaro standartlarga to‘laqonli mos keluvchi yuqori sifatli va ekologik toza yonilg‘i mahsulotlari ishlab chiqarilishi, “GTL” mahsulotlarini foydalanilganda atmosferaga zaharli chiqindi gazlar shakllanishi mavjud emasligi inobatga olingan. Shuningdek, zavodning ishlab chiqarish jarayonida innovatsion texnologiyalar, ilg‘or transformatsiya jarayonlarni tatbiq qilinishi va energetika sohasida notinch va nostabil paytlarda ishlab chiqarish jarayonlari boshqarishning operativligi va moslashuvchanligi hisobga olingan.

Ushbu mezonlar O‘zbekiston Respublikasi neft-gaz kimyo sanoati tarixida ilk bor dunyo miqyosida eng nufuzli hisoblangan mazkur mukofotning “Uglevodorodlarni qayta ishlash sohasi va kimyo sanoati” nominatsiyasida 2022 yil g‘olibi sifatida e’lon qilindi.

Ma’lumot uchun: S&P Global Platts ”– dunyoda sotilayotgan neft, neft mahsulotlari, gaz, neftkimyo va sanoat metallarining narxlari va kotirovkalarini nashr etuvchi amerikaning yirik va dunyoning o‘ta nufuzli axborot agentligi bo‘lib, 1909 yilda asos solingan.

2021 yilda “Masdar”, “IBM”, “Samsung Engineering”, “Bloom Energy”, “Cenovus Energy”, “Valero Energy Corporation” va boshqa dunyoning xalqaro yetakchi kompaniyalar turli xil nominatsiyalarda mukofotlangan.

“O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi