Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 12-dekabrda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 8,48 so‘mga pastlab, 11 252,01 so‘mni tashkil qildi. Yevro 83,38 so‘mga oshib, 11 879,87 so‘m bo‘ldi. Rubl 1,52 so‘mga ko‘tarilib, 180,51 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollarning rasmiy kursi ketma-ket to‘rt kun ko‘tarilishdan so‘ng pastlagandi. Yevro va rubl kursi ham tushgandi.
Izoh (0)