Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha JCH—2022 chorak finalida Braziliya va Xorvatiya terma jamoalari 9-dekabr, juma kuni o‘zaro to‘qnash keldi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Uchrashuvning asosiy bo‘limlarida darvozalar ishg‘ol etilmadi. Shu sabab jamoalar qo‘shimcha bo‘limlarga murojaat qilindi. 105+1-daqiqada Neymar hisobni ochdi. 117-daqiqada esa Bruno Petkovich muvozanatni tikladi. Qo‘shimcha bo‘limlarda hisob 1:1 ko‘rinishida yakunlandi va g‘olib penaltilar seriyasida aniqlanadigan bo‘ldi.

Penaltilar seriyasida esa Xorvatiya 4:2 hisobida zafar quchdi. Shu tariqa xorvatlar yarim finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan dastlabki jamoaga aylandi. JCH—2018 finalchisi keyingi bosqichda Niderlandiya — Argentina uchrashuvi g‘olibi bilan o‘ynaydi.

JCH—2022

1/4 final bahsi

9-dekabr, juma

Xorvatiya — Braziliya 1:1

Penaltilar seriyasi: 4:2

Gollar: 0:1 – 105+1 Neymar, 1:1 — 117 Petkovich.

Xorvatiya: Livakovich, Yuranovich, Lovren, Gvardiol, Sosa (Budimir, 110), Modrich, Kovachich (Maer, 105), Brozovich (Orshich, 114), Perishich, Pashalich (Vlashich, 72), Kramarich (Petkovich, 72).

Braziliya: Alisson, Militao (Aleks Sandro, 105), Tiago Silva, Markinyos, Danilo, Kazemiro, Lukas Paketa (Fred, 105), Neymar, Risharlison (Pedro, 84), Rafinya (Antoni, 56), Vinisius Junior (Rodrigo, 64).

Ogihlantirishlar: Danilo (25), Brozovich (31), Kazemiro (68), Markinyos (77) Petkovich (117).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya prezidentligiga nomzod Do‘g‘u Perinchek saylovda g‘alaba qozonsa, mamlakatni NATOdan chiqarishga va’da berdi
Mahalliy
O‘zbekistonda 25-mart kuni qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum qilindi
Sport
Krishtianu Ronaldu terma jamoalar miqyosida ikkita tarixiy rekord qayd etdi