Ispaniya terma jamoasidan iste’foga chiqqan Luis Enrike “Atletiko” va “Manchester Yunayted” jamoalaridan birini boshqarishi mumkin.
AS nashrining xabariga ko‘ra, Diyego Simeone yozda “Atletiko”ni tark etsa, “matraschilar” rahbariyati Enrikega yuzlanadi.
Shuningdek ispaniyalik mutaxassisga APL klublaridan ham taklif bor. “Manchester Yunayted” Luis uchun asosiy nomzodlardan biri. Mankunianliklar mavsumning ikkinchi qismida jamoa yomon natijalar qayd etsa, Erik ten Hagni iste’foga chiqaradi.
Ispaniya terma jamoasi JCH—2022 1/8 finalida Marokashga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etganidan so‘ng, Luis Enrike o‘z vazifasidan ozod etildi.
Enrike faoliyati davomida “Selta”, “Roma” va “Barselona” klublarini boshqargan.
Izoh (0)