Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSH bugun, 9-dekabr kuni Rossiya va Xitoyga qarshi yangi sanksiyalar joriy etishni rejalashtirmoqda. The Wall Street Journal’ning rasmiylarga tayanib yozishicha, ushbu mamlakatlarda inson huquqlari buzilishi, shuningdek, Pekinning Tinch okeanida noqonuniy baliq ovlashni qo‘llab-quvvatlayotgani munosabati bilan cheklovchi choralar ko‘rilmoqda.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Nashr yozishicha, sanksiyalarning aksariyati Magnitskiy qonuniga muvofiq amalga oshiriladi. Sanksiyalar ro‘yxatiga Qo‘shma Shtatlar tomonidan korrupsiya va inson huquqlarini buzishda ayblanganlar kiritiladi. Manbalarga ko‘ra, Vashington sanksiyalar ostida qolgan rossiyalik yuqori martabali amaldorlarning aktivlarini muzlatib qo‘yadi. Shuningdek, ularga AQSHga kirish va har qanday biznes aloqalari taqiqlanadi.

Manbalarning qo‘shimcha qilishicha, cheklov choralari Rossiyaning bir qancha mudofaa sanoati korxonalariga nisbatan qo‘llanilishi mumkin. WSJ ma’lumotlariga ko‘ra, Vashington nazdida Tinch okeanida noqonuniy baliq ovlash bilan shug‘ullanadigan 170 ta Xitoy tashkiloti ham sanksiyalar ostida qoladi.

Ma’lumot uchun Magnitskiy qonuni 2012-yil dekabr oyida AQSHda qabul qilingan. Bu Rossiyada inson huquqlarining buzilishiga aloqador shaxslarga nisbatan shaxsiy sanksiyalarni qo‘llash imkonini beradi. Qonun xalqaro moliyachi Uilyam Brauderga soliqlardan qochishda yordam berganlikda ayblanib, Moskva qamoqxonasida vafot etgan Sergey Magnitskiy nomi bilan atalgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi