Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bir yarim soat yaxshi multfilm tomosha qilish kabi hech narsa kayfiyatingizni ko‘tara olmaydi. Bunday kinoterapiya sizni, albatta, tabassum qilishingizga sabab bo‘ladi. Quyida betakror sujetga ega eng yaxshi multfilmlar ro‘yxatini keltiramiz.

“O‘yinchoqlar tarixi”

AQSH, 1995-yil

Fantaziya, sarguzasht, komediya.

Davomiyligi: 81 daqiqa.

IMDb: 8.3.

Ushbu loyiha bilan Pixar multfilmlar yaratuvchi studiya sifatida ish boshladi. Shu bilan birga, “O‘yinchoqlar tarixi” 3D kompyuter animatsiyasi yordamida yaratilgan to‘liq metrajli kartina ham hisoblanadi. Multfilm nihoyatda muvaffaqiyatli chiqdi va rejissor Jon Lasseter bu uchun maxsus “Oskar” ham oldi.

Studiya yana uch marta “O‘yinchoqlar tarixi” qahramonlariga qaytdi. Har bir filmning sujeti jiddiyroq bo‘lib, bolalarning ulg‘ayishi va ba’zida yaqinlarni ham qo‘yib yuborish kerakligi haqida tushuntiradi. 2022-yilning yozida esa o‘yinchoq asos qilib olingan astronavtning hikoyasini tasvirlaydigan “Buzz Lightyear” spin-offi chiqdi.

“Flikning sarguzashtlari”

AQSH, 1998-yil.

Fantaziya, sarguzasht.

Davomiyligi: 95 daqiqa.

IMDb: 7.2.

Pixar rahbarlari ushbu multfilmni Ezopning klassik “Chumoli va chirildoq” ertagi va shunga o‘xshash sujetli Disney’ning eski qisqa metrajli filmi asosida yaratdilar. Faqat mualliflar hikoyani epopeyaga aylantirishga qaror qilishdi.

Multfilmning chiqishi yangi DreamWorks Animation studiyasi bilan bog‘liq janjal soyasida qoldi. Uning rahbari Jeffri Katzenberg Disney direktorlar kengashi tarkibida edi, lekin hamkasblari bilan kelisha olmay, o‘z kompaniyasini yaratish uchun alohida chiqib ketadi. Ajablanarlisi shundaki, “Chumoli” DreamWorks’ning birinchi animatsion loyihasi bo‘lib, “Flik” bilan deyarli bir xil sujetga ega.

“Nemoni izlab”

AQSH, Avstraliya, 2003-yil.

Sarguzasht, komediya.

Davomiyligi: 101 daqiqa.

IMDb: 8.1.

Multfilm g‘oyasi rejissor Endryu Stentonning bolalikdagi xotiralaridan kelib chiqqan: bir marta u akvariumda tropik baliqlarni ko‘rganida, ular bu yerdan o‘z uylariga qochishni xohlashsa kerak, deb o‘ylagan. Suvosti dunyosini tasvirlashda maksimal ishonchlilik uchun Pixar animatorlari ixtiologiya kurslariga qatnashadi va baliqlar fiziologiyasini o‘rganishadi, hatto Buyuk to‘siq rifi yaqinida suv ostiga sho‘ng‘ish darslarini ham o‘zlashtirishadi.

“Nemoni izlab” multfilmidan beri Pixar’ning aksar kartinalari “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan. 13 yildan so‘ng filmning davomi “Dorini izlab” multfilmi chiqdi, unda qahramon o‘z oilasini qidirishga ketadi.

“Ratatuy”

AQSH, 2007-yil.

Sarguzasht, komediya.

Davomiyligi: 111 daqiqa.

IMDb: 8.0.

Kartina mualliflari tomoshabinni tarixga to‘liq singdirishga harakat qilishadi. Buning uchun ular Parijga kelib shaharni, hatto uning kanalizatsiya tizimini ham o‘rganishadi. Bundan tashqari, “Ratatuy” yaratuvchilari restoran oshpazi Tomas Keller bilan ishlaydilar va haqiqiy oshxonaning juda ko‘p nozik jihatlarini o‘rganishadi — masalan, oshpazlar yenglarini qanday shimarishini ham. Shu bilan birga, animatorlar axlat uyumini real tarzda chizish uchun mahsulotlarni ataylab chiritishadi.

Tayyorgarlik jarayonida kalamushlar bo‘yicha mutaxassislar bilan maslahatlashib, haqiqiy kemiruvchilarning harakatlarini suratga olishadi va Remi iloji boricha ishonarli ko‘rinishi uchun ulardan qolip olishadi.

“Yuqoriga”

AQSH, 2009-yil

Sarguzasht, komediya.

Davomiyligi: 96 daqiqa.

IMDb: 8.2.

Dastlab yozuvchi va rejissor Pit Dokter havo sharlarida uchadigan qasr haqida multfilm suratga olmoqchi edi. Qasrdagi ikki shahzoda yerga yiqilib, uyga qaytish uchun imkoniyat qidiradi. Ammo asta-sekin g‘oya tubdan o‘zgarib, yana bir dadil qarorga olib keladi: “Yuqoriga” ijodkorlari bosh qahramonni kichik tomoshabinlarning bobo-buvilariga juda o‘xshash keksa odam sifatida tasvirlashadi.

Multfilm barcha yoshdagi tomoshabinlarni hayratga solib, kassalarda xitga aylandi. Axir u keksa odamning orzulari va sarguzasht sari harakat qilishi mumkinligini ko‘rsatadi.

“Sheryurak qiz”

AQSH, 2012-yil.

Fantaziya, sarguzasht.

Davomiyligi: 93 daqiqa.

IMDb: 7.1.

“Sheryurak qiz” filmida animatorlar qahramonlar deyarli har doim bir xil kiyimda bo‘ladigan klassik prinsiplardan uzoqlashishga qaror qilishadi. Multfilmning bosh qahramoni besh marta, otasi to‘qqiz marta kiyim almashtiradi. Bundan tashqari, turli qahramonlar va qabilalar uchun mualliflar o‘zlarining matolari va naqshlarini yaratishga harakat qilishadi.

Bundan tashqari, “Sheryurak qiz” Pixar’ning hikoya markazida ayol qahramoni bo‘lgan birinchi multfilmi va studiyaning klassik ertak janridagi birinchi ishi.

“Boshqotirma”

AQSH, 2015-yil.

Komediya, drama.

Davomiyligi: 95 daqiqa.

IMDb: 8.1.

“Boshqotirma” — Pixar’ning yana bir dadil harakati. Darhaqiqat, ushbu multfilmda mualliflar tom ma’noda insonning ichki dunyosiga, o‘smirlik depressiyasini tushunishga harakat qilishadi. Emotsiyalarni vizualizatsiya qilish har qanday his-tuyg‘ularni bostirishning iloji yo‘qligini tushunishga yordam beradi, hatto qayg‘u ham insonning ajralmas qismidir.

Quvonch, kutilganidek, yulduzcha ko‘rinishida paydo bo‘ladi va qayg‘u ko‘z yoshiga o‘xshaydi. Ajablanarlisi shundaki, Nafrat ko‘pchilik bolalarga yoqmaydigan brokkoli timsolida chizilgan.

“Koko siri”

AQSH, 2017-yil.

Fantaziya, drama, sarguzasht.

Davomiyligi: 105 daqiqa.

IMDb: 8.4.

“Koko siri” tom ma’noda bir-biriga mos kelmaydigan kombinatsiyalarni birlashtiradi. Bir tomondan, bu ko‘plab qo‘shiqlardan iborat pozitiv va xushchaqchaq multfilm. Boshqa tomondan, bu bolalarga o‘lim muqarrarligi haqida aytishga va ularni yaqinlari bilan xayrlashishga o‘rgatishga urinishdir. Natijada kartina yosh tomoshabinlarni kuldirishi va ayni paytda kattalarning esa ko‘zlariga yosh keltirishi mumkin.

Animatsiya ustida ham ko‘p ishlangan. O‘liklar dunyosini iloji boricha yorqinroq ko‘rsatishni istagan animatorlar hatto skeletlar kiyimda qanday harakatlanishini o‘rganib chiqishadi.

“Qalb”

AQSH, 2020-yil.

Fantaziya, musiqiy, drama.

Davomiyligi: 100 daqiqa.

IMDb: 8.4.

“Yuqoriga” va“Boshqotirma” rejissori Piter Dokter mazkur kartinani klassik Pixar uslubiga qaytish deb atamoqda. Multfilmdagi kattalar mavzulari bolalarcha yengil namoyish bilan birlashtiriladi. Bularning barchasi ajoyib musiqa bilan to‘ldiriladi.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi