Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Urugvay futbol assotsiatsiyasi rahbari JCH—2022 da ishlayotgan hakamlardan noroziligini bildirdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

“Urugvay ishtirokidagi o‘yinlarda jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ygan ikki hakam endi Jahon Chempionati o‘yinlarida ishlamayapti. Boshqa guruhlarda ham noroziliklar bo‘lgandi.

Kimdir shunchaki Krishtianu Ronalduning yonida yo‘taladi va hakamlar penalti belgilaydi”, — deydi Ignasio Alonso.

Urugvay futbol assotsiatsiyasi rahbari JCH—2022 guruh bosqichi 1-tur doirasidagi Portugaliya terma jamoasi hujumchisining Gana jarima maydonida yiqilib tushganini (3:2) nazarda tutgan. Ronaldu o‘sha vaziyatda penalti ishlab olib, uni golga aylantirgandi.

Urugvay terma jamoasi H guruhida 4 ochko jamg‘arib, 3-o‘rinni egalladi va musobaqani tark etdi. Portugaliya esa 6 ochko bilan guruh yetakchisi sifatida pley-offga yo‘l oldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Guruhlarda hazil yoki kinoya qilib aytgan gaplarimni ham chiqarib yuboradigan jurnalistlar bor” — Shohrux G‘iyosov
Mahalliy
“Ko‘pchilik meni yolg‘on ma’lumot tarqatganlikda ayblaydi” — Shohrux G‘iyosov jurnalist va blogerlarning o‘ziga munosabati haqida gapirdi
Mahalliy
Qo‘shimcha talab etiladigan 37,5 ming tonna piyoz 1-aprelga qadar ichki bozorlarga kiritiladi