Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Noma’lum shaxslar Ukrainaning Ostonadagi elchixonasiga bino minalangani haqida elektron pochta xati jo‘natgan, deb xabar bermoqda Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi Telegram kanalida.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Hodisa 1-dekabr kuni sodir bo‘lgan. O‘sha kuni kechqurun elchixona politsiyaga murojaat qilib, xabar 15:08 (Toshkent vaqti bilan 14:08) da olinganini aytgan. Binoga yetib kelgan Maxsus xizmatlar xodimlari portlovchi moslamalarni topmagan, tekshiruv jarayonida hech kim evakuatsiya qilinmagan.

“Fakt Yesil tumani IIBning ma’lumotlar hisobi kitobida qayd etildi. Politsiya hodisaga aloqador shaxslarni qidirmoqda”, — deyiladi xabarda.

Oxirgi bir necha kun ichida Ukrainaning bir qator mamlakatlardagi elchixonalariga haqiqiy yoki qalbaki portlovchi qurilmalar yoki bo‘lmasa, sigir, cho‘chqa ko‘zlari va jonivorlarning boshqa a’zolari solingan 17 ta anonim pochta jo‘natmalari yuborilgan.

“Hammasi Ukrainaning Ispaniyadagi elchixonasi yaqinida yuz bergan portlashdan boshlandi. Lekin bu portlashdan keyingi hodisalar yanada g‘ayritabiiyroq va aytish joiz bo‘lsa, nosog‘lomroqdir”, — dedi Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba.

30-noyabr kuni Ukrainaning Madriddagi elchixonasida portlash sodir bo‘lgandi, oqibatda xavfsizlik xizmati xodimi jarohatlandi. Portlovchi qurilma elchi Sergey Pogorelsevga yo‘llangan xat ichida bo‘lgan. U portlovchi qurilmadan iborat paket yuborilishi ortida Rossiya turganini taxmin qildi.

Kuleba ham ushbu jo‘natmalar “Ukraina xalqaro maydonda Rossiya uchun yaratgan diplomatik dahshat”ga javob bo‘lganini taxmin qildi. Voqealar uchun yoki Moskva, yoki unga moyillik bildirib, “qo‘rquv urug‘ini sochishga intilayotganlar” mas’ul, deb hisoblaydi u.

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Moliya
O‘zbekistondagi eng faol banklar reytingi yangilandi. Nimalar o‘zgardi?
Mahalliy
Davletmurat Tajimuratov 16 yilga qamaldi, jurnalist Lolagul Qallixanova sud zalidan ozod qilindi 
Sport
Figurali uchish bo‘yicha O‘zbekistonning 10 karra chempioni Tatyana Malininaning 18 yoshli o‘g‘li AQSH chempioniga aylandi