Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turkiyaning Bayraktar Kizilelma yangi avlod dronining ilk parvozi namoyish qilindi. Bu haqda Baykar kompaniyasi bosh direktori Seljuk Bayraktar xabar berdi.

Foto: Videodan kadr

Foto: Videodan kadr

U o‘zining Twitter’dagi sahifasida “Bayraktar Kizilelma — oz qoldi”, deya tvit qoldirdi. Kizilelma — MIUS jangovar uchuvchisiz samolyotlar kompleksi loyihasi doirasida ishlab chiqarilgan dron hisoblanadi. Aviatexnikaning birinchi parvozida unga Ukrainaning AI-322F dvigateli o‘rnatilgan. Dron Turkiyaning TF-6000 dvigateli bilan ham jihozlanishi mumkin.

Turkiyada reaktiv dvigatelli Bayraktar Kizilelma droni 2022-yilning avgust oyida taqdim etilgandi. Uning yaratuvchilari dron uchish-qo‘nish yo‘lagi qisqa bo‘lgan kemalardan ucha olishi, shuningdek, tovushdan tez harakatlanishi mumkinligini ma’lum qilgan. Turkiya prezidenti Bayraktar Kizilelma dronlarini ishlab chiqarish 2023-yil oxirigacha yo‘lga qo‘yilishini aytgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov